Sirtqi taʼlim shakliga ba’zi o‘zgarishlar kiritildi

Sirtqi taʼlim shakliga ba’zi o‘zgarishlar kiritildi

2021/2022 oʻquv yilida:

Umumtaʼlim muassasalarida ishlayotgan, oliy pedagogik maʼlumotga ega boʻlmagan oʻqituvchilar uchun bakalavriatning sirtqi taʼlim shakli boʻyicha alohida maqsadli qabul parametrlari ajratiladi.

Pedagogika va moliya-iqtisod sohalaridagi OTMda “5520100 – Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari boʻyicha)” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari uchun sirtqi taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi.

Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutida maxsus sirtqi taʼlim tashkil etiladi.

Respublika OTMning “5321000-Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulotlar turlari boʻyicha)” hamda “5410500-Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari boʻyicha)” taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriatning kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari bosqichma-bosqich oshirib boriladi.