Jizzaxda Xalqaro universitet filiali ochiladi

Jizzaxda Xalqaro universitet filiali ochiladi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi va Toshkent davlat texnika universiteti vakillaridan iborat Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasiga xizmat safari doirasida nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini oʻrnatish maqsadida Tatariston Respublikasi Qozon federal universitetiga tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida ushbu oliygohning Jizzax viloyatida filiali faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha toʻrt tomonlama kelishuv memorandumi imzolandi.

Imzolangan memorandumga koʻra:

Qozon federal universitetining Jizzax shahridagi filiali 2022/2023 oʻquv yilidan oʻz faoliyatini boshlaydi;

Filialda eng kamida 40 foiz professor-oʻqituvchi Qozon federal universiteti hisobidan taʼminlanadi;

Jizzax viloyati hokimligi tomonidan professor-oʻqituvchilar va talabalar turar-joy bilan taʼminlanadi;

kadrlar tayyorlash Qozon federal universiteti taʼlim dasturlari asosida yoʻlga qoʻyiladi.