Adju universitetida qabulning ikkinchi bosqichi boshlandi

Adju universitetida qabulning ikkinchi bosqichi boshlandi

Toshkent shahridagi Adju universitetida 2021/2022 oʻquv yili qabul jarayonining ikkinchi bosqichiga start berildi.

Abituriyentlar quyidagi uchta taʼlim yoʻnalishiga hujjat topshirishlari mumkin:

— Arxitektura;

— Qurilish muhandisligi;

— Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi.

O‘qishga muvaffaqiyatli qabul qilingan talabalar uchun ta’lim olish Arxitektura yo‘nalishi uchun 8,2 million soʻm, Qurilish muhandisligi yo‘nalishi uchun 7,5 million so‘m va xuddi shuningdek, Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi yo‘nalishi uchun 7,5 million so‘m qiymatida belgilangan.

Ma’lumot o‘rnida: O‘rta ta’lim maktabi va akademik litseylarning bitiruvchilariga ta’lim muassasasini bitirmasdan turib, universitetning kirish imtihonlarida qatnashish va o‘z bilimlarini sinab ko‘rish imkoniyati beriladi.

Kirish imtihonlari ingliz tili va matematika fanidan 6-iyun va 25-iyul kunlari, Koreya Respublikasining Ajou universiteti vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Universitetni tamomlagan bitiruvchilarga jahondagi Top-600 talikka kirgan Ajou universitetining (Koreya Respublikasi) xalqaro diplomi beriladi.

Universitet faoliyati va qabul jarayoniga oid to‘liq ma’lumotni oliy o‘quv yurtining rasmiy www.ajou.uz saytidan olishingiz mumkin.