Diniy ta’lim muassasalariga qaysi fanlardan imtihon bo‘ladi?

Diniy ta’lim muassasalariga qaysi fanlardan imtihon bo‘ladi?

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Taʼlim va ilmiy-tadqiqotlar boʻlimi joriy 2021-2022-o‘quv yillari davomida diniy muassasalarga qaysi fanlar bo‘yicha imtihon o‘tkazilishi ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga:

– Fiqh va aqoid 30ta test, 3,1 ball – jami 93 ball ();

– Arab tili (og‘zaki, ijodiy imtihon) 30ta savol 2,1balldan – jami 63 ball;

– O‘zbekiston tarixi, 30ta test 1,1 balldan – jami 33 ball.

Hadis ilmi maktabiga:

– Hadis va Mustalahul hadis (og‘zaki, ijodiy imtihon)  – jami 93 ball;

– Arab tili (og‘zaki, ijodiy imtihon)  – jami 63 ball;

– O‘zbekiston tarixi 30ta test  – jami 33 ball.

O‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga:

– Xorijiy til 30ta test – 93 ball;

– Tarix 30ta test – 63 ball;

– Ma’naviyat va ma’rifat 30ta test – jami 33 ball.