Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filiali ochildi

Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filiali ochildi

Bu Rossiya kimyo-texnologiya universitetining xorijdagi ilk filialidir.

Ochilish marosimida oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov Rossiya oliygohi tarixi Oʻzbekiston bilan chambarchas bogʻliqligini eslatdi. Chunki Ikki jahon urushi paytida 1941-yil kuzida u Qoʻqon shahriga koʻchirilgan va u yerda 1943-yil bahorigacha faoliyat yuritgandi.

Oliygohning Toshkentdagi filialida oʻquv jarayoni 2019/2020 oʻquv yilidan boshlangan. Filial materialshunoslik, nanomateriallar va nanotizimlar texnologiyalari kabi yoʻnalishlarda mutaxassis va kadrlarni tayyorlaydi.