IT-universiteti tashkil etilmoqda

IT-universiteti tashkil etilmoqda

Namangan viloyat hokimligining tashabbusi bilan “IT-park” hamkorligida  Namangan viloyatida Buyuk Britaniya bilan Xalqaro “IDU: International Didital University” oliy o‘quv yurtining filialini tashkil etish bo‘yicha investorlar ishtirokida viloyat hokimligida uchrashuv o‘tkazildi.

“Silk stars education” ta’sischisi, oliy o‘quv yurti investori Ibroxim Xurramov, “Team” universiteti Kengashi vakili — “Westminster University” prorektori Alan Frans, “IT Park” direktori Farxod Ibragimov bilan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida Namangan viloyatida axborot-texnologiyalari sohasida xalqaro oliy o‘quv yurti filialini tashkil etish bo‘yicha kelishuv amalga oshirildi.