Samarqandda yana bir OTM tashkil etildi

Samarqandda yana bir OTM tashkil etildi

Hukumatning tegishli qarori bilan, Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali tashkil etildi.

Shuningdek, qarorga koʼra:

Filialda taʼlim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi;

Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahar, Аmir Temur ko‘chasi, 27-uy manzilida joylashgan sobiq Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi 2-son akademik litseyining bino va inshootlari Filialga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi;

kelgusi yillarda Filial uchun qo‘shimcha o‘quv binosi, 2 ta talabalar turar joyi binolari, sport inshooti quriladi;

Samarqand viloyati hokimligi Filial faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida faoliyat yuritish uchun jalb etiladigan malakali professor-o‘qituvchilarni belgilangan tartibda xizmat uylari bilan taʼminlaydi.