“Savollar o‘tgan yilgidek oson bo‘lmaydi” — bu “signal” abituriyentlarni cho‘chitadimi?

“Savollar o‘tgan yilgidek oson bo‘lmaydi” — bu “signal” abituriyentlarni cho‘chitadimi?

Yaqinda saytimiz orqali “Bu yil savollar o‘tgan yilgidek oson bo‘lmaydi”, sarlavhali maqola e’lon qilgandik. Shundan kelib chiqqan holda bugun mazkur masalaga yana bir bor to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Xo‘sh, DTM imtihonlarida tushadigan qiyinlik darajasi eng yuqori test savollari qanday boʻladi? Tayyorgarlik ko‘rishda qanday jihatlarga ko‘proq e’tibor qaratish lozim? “Savollar o‘tgan yilgidek oson bo‘lmaydi”, deyilishi savollar o‘ta murakkab bo‘lishini anglatadimi?

Bu kabi “signallar” aslo abituriyentlarni cho‘chitmasligi lozim. Chunki puxta tayyorgarlik ko‘rish va vaqtni ortiqcha yo‘qotmaslik hozir eng to‘g‘ri yo‘ldir.

TASHRIF: 4-son

DTM tomonidan shakllantiriladigan test topshiriqlari 3 qiyinlik darajasi asosida bo‘ladi.

1-qiyinlik daraja – abituriyentning xotirlash qobiliyatini aniqlovchi, fanga oid u qadar murakkab boʻlmagan bir necha atama, hodisa, qoida yoki qonuniyatni bilishni talab qiluvchi daraja sanaladi. Bu darajadagi savollar nisbatan ancha oson bo‘lib, abituriyentlar uchun unchalik murakkablik tug‘dirmaydi.

2-qiyinlik daraja – abituriyentdan tahlil qila olish va mantiqiy fikrlashni, fanga oid ikki-uch atama, hodisa, qoida yoki qonuniyatni bir vaqtda qoʻllay bilishni talab qiluvchi daraja hisoblanadi.

3-qiyinlik daraja – abituriyentning toʻgʻri javobni topish uchun zarur boʻlgan uch va undan ortiq atama, hodisa, qoida va qonuniyatlarni bir-biriga bogʻlab ishlata olish qobiliyatini, shuningdek, mantiqiy fikrlashni talab qiluvchi daraja. Bunda fikrni jamlash, diqqatlilik bilan yondashish tog‘ri bo‘ladi.