Majburiy fanlarda adabiyot, jahon tarixi, geometriya va informatikadan ham savollar bo‘ladimi?

Joriy yilgi kirish imtihonlarida 5 ta fandan test bo‘ladi. Bu haqida Prezident qarorida belgilangan va rasman tasdiqlandi.

Shu o‘rinda ko‘plab abituriyentlar orasida majburiy fanlar doirasidagi savollarda adabiyot, jahon tarixi, geometriya va informatikadan ham savollar bo‘ladimi kabi savollar uchramoqda. Hozir shu haqida batafsil to‘xtalamiz.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 15 ta savol.

Har biri uchun 2.1 balldan.

Maksimal ball – 31.5 ball.

Matematika – 15 ta savol.

Har biri uchun 2.1 balldan

Maksimal ball – 31.5 ball.

O‘zbekiston tarixi – 15 ta savol.

Har biri uchun 2.1 balldan.

Maksimal ball – 31.5 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 94.5 ball.

Ona tili va O‘zbekiston tarixi fanidan 1 daqiqagacha, matematikadan – 1,5 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan – 30 ta savol.

Har biri uchun 3.1 balldan.

Maksimal ball – 93 ball.

2-fan – 30 ta savol.

Har biri uchun 3.1 balldan.

Maksimal ball – 93 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 186 ball.

Asosiy blokdagi 2 ta fan uchun jami 2 soat vaqt beriladi.

Umumiy holda, 2021/2022 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 105 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 280.5 ballni tashkil etadi.

Ayrim yo‘nalishlarda majburiy blokdagi fan bilan maxsus blokdagi fan bir xil bo‘lib qolishi mumkin. Masalan, matematika yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyent majburiy blokda ham, mutaxassislik blokida ham matematika fanidan test ishlaydi. Bu ikkalasining asosiy farqi — majburiy blokdagi savollarning barchasi soddalashtirilgan, eng oson darajada bo‘ladi, mutaxassislik blokidagi savollar esa turli murakkablikda (oson, o‘rtacha, qiyin) bo‘ladi;

Majburiy blokda ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) fanidan tushadigan 15ta savol ichida Adabiyot fanidan test savollari bo‘lmaydi;

Majburiy blokda O‘zbekiston tarixi fanidan tushadigan 15ta savol ichida Jahon tarixidan test savollari bo‘lmaydi;

Matematika fanidan tushadigan 15ta savol ichida Geometriyaning faqat 5-6-sinf dasturlarida bor mavzularidan savollar bo‘ladi, 7-11-sinflar darsligidan savol bo‘lmaydi.

Mutaxassislik blokida esa Matematikadan tushadigan 30 ta savol ichida Geometriyaning barcha sinflar uchun mo‘ljallangan mavzularidan savollar bo‘ladi;

Majburiy blokda ham, mutaxassislik blokida ham Matematika fanidan tushadigan savollar ichida informatikadan test savollari bo‘lmaydi.

 

 
 
Summary
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!