Bu yil savollar o‘tgan yilgidek oson bo‘lmaydi — DTM mas’uli

2021-yilda O‘zbekistondagi OTMlar bakalavriatiga 1,6 million abituriyent hujjat topshirishi prognoz qilinmoqda. DTM boshqarma boshlig‘i abituriyentlarni qiziqtiradigan ma’lumotlarni ma’lum qildi.

DTM yuqori tashkilotlarga kirish imtihonlarida abituriyentlarning istalgancha ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkonini berish to‘g‘risida taklif kiritilgan. Agar taklif qabul qilinsa, abituriyentlar oldingi yilgidek 5 ta emas, o‘z fanlariga mos 20 yoki 25 ta yo‘nalishni tanlashi mumkin bo‘ladi. Hozir yo‘nalishlar cheklangani uchun yuqori ball to‘playdigan abituriyentlarnng imkoniyati ba’zida cheklanishi mumkin. Tanlov cheklanmaydigan bo‘lsa, ularning talaba bo‘lish imkoni yanada oshadi.

Bu yil savollar o‘tgan yilgidek oson bo‘lmaydi.

Kirish imtihonlarida mantiqiy savollar soni ko‘payadi. Hozirgacha shu tyrdagi savollar tuzilib, ularning aprobatsiyasi ham o‘tkazilmoqda. Bunday savollar matematika, tarix, biologiya, kimyo kabi fanlarda ko‘p bo‘ladi.

O‘tgan yil pandemiya holatida abituriyentlarning imkoniyatlarini hisobga olinib, to‘rtinchi qiyinchilik darajasidagi savollar olib tashlangan edi. Bu yil unday bo‘lmaydi. To‘rtinchi qiyinchilik darajasi o‘rniga mantiqiy savollar tuziladi.

Qiyinlik darajasi yuqori bo‘lgan savollar mutaxassislik fanlariga tegishli; majburiy fanlardagi savollar darajasi oson bo‘ladi.

Turli fanlardan olingan sertifikatlar abituriyentlarga maksimal ball berilmaydi

Ayni paytda ona tili, matematika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat olgan abituriyentlarga ular to‘plagan foizidan kelib chiqib, kirish imtihonida ball beriladi.

Abituriyentlarda 2 ta tanlov bo‘ladi: xohlasa, sertifikat oliishda yig‘gan ball foiziga qarab tegishli ballga ega bo‘lishini yoki sertifikati bo‘lsa ham, o‘z xohishiga ko‘ra imtihonda test ishlab ball to‘plashi mumkin.

Demak, bu yilgi kirish imtihonlarigacha 5 ta fandan: matematika, ona tili, kimyo, biologiya va ingliz tilidan sertifikat olib, oldindan ballga ega bo‘lishi mumkin.

200 nafar abituriyentga president granti beriladi. U qanday tartibga ajratiladi?

Bu yil kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 kishiga prezident granti berilishi belgilangan. Ularga 4 yil davomida qo‘shimcha stipendiya to‘lab boriladi.

Lekin maksimal ball to‘playdigan abituriyentlar soni 200 ketishi mumkin. Ishchi guruh maksimal ball to‘plagan abituriyentlar soni 200 kishidan oshib ketsa, grant egalari qanday saralab olinishi bo‘yicha tartibni ishlab chiqadi.

Imtihon bilan muammo bo‘lmasligi uchun qanday choralar ko‘rilmoqda?

Hozirgi prognozga ko‘ra, 1 million 615 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirish prognoz qilinmoqda. Bu yil kirish imtihonlarini tashkil qilishda imtiyozlar bilan muammo bo‘lmasligi uchun harakat qilinmoqda. Hozirdanoq barcha tegishli tashkilotlarga xat yuborilgan hujjat topshirish jarayonida kimda imtiyoz bo‘lsa, uning shaxsiy kabinetida ko‘rinib turadi.

 

 
 
Summary
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!