Ona tili va adabiyot, matematika fanlari bo‘yicha talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

Ona tili va adabiyot, matematika fanlari bo‘yicha talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori bilan bosqichma-bosqich umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etilmoqda.

Dastlab, ona tili va adabiyot hamda matematika fanlaridan milliy test tizimi joriy etilib, 2021-yil 13-14-aprel kunlari ilk bor milliy sertifikatlash imtihonlari o‘tkazilgan edi.

Ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlaridan navbatdagi milliy sertifikatlash imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda.

Buning uchun talabgorlar “Milliy sertifikatlar”  bo‘limidan tegishli fanni tanlab test sinoviga ariza berishlari mumkin.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish 15-mayga qadar davom etadi.