Ingliz tili + ona tili va adabiyoti: Abituriyentlar qayerda o‘qishi mumkin?

Siz ingliz tili hamda ona tili va adabiyoti fanidan tayyorgarlik ko‘rayapsizmi?

Yaqinda “Registon” LC telegram ijtimoiy tarmog‘ida o‘tkazilgan online testda ishtirok etganlar statistikasidan foydalangan holda “Eng kuchli raqobat qaysi yo‘nalishda bo‘lishi mumkin?” nomli maqola e’lon qilgandik. Unga ko‘ra eng yuqori raqobat yo‘nalishida ingliz tili + ona tili va adabiyoti egallagandi.

Haqiqatda bu fanlarga qiziquvchi yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Shuni inobatda olgan holda, navbatdagi maqolamizni mazkur yoshlar uchun kerakli ma’lumotlarni yig‘ishga qaratdik.

Ingliz tili, ona tili va adabiyoti o‘qiyotganlar quyidagi yo‘nalishda ta’lim olishi mumkin:

5611501 | Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: (ingliz tili)

5121200 | Madaniyatlararo kommunikatsiyalarning lingvistik taʼminoti (ingliz tili)

5112200 | Maktabgacha va boshlang‘ich taʼlimda xorijiy til (ingliz tili)

5120201 | Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili

5120112 | Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

5111403 | Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili

Shundan kelib chiqqan holda, o‘tgan 2020-2021-o‘quv yilidagi o‘tish ballarini hamda kelgusi 2021-2022-o‘quv yillari uchun mo‘ljallangan qabul kvotalarini alohida jadvalda jamladik.

 

Ta’lim yo‘nalishi Qabul kvotasi (2021-2022) O‘tish balli (2020-2021)
Davlat granti To‘lov shartnomasi Davlat granti To‘lov shartnomasi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 150 700 185.9 173.4
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) 25 75 173.3 164.2
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili 66 234 182.6 167.3
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili 80 320 185.9 173.2
Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: (ingliz tili) 15 60 176.6 167.2
Madaniyatlararo kommunikatsiyalarning lingvistik taʼminoti (ingliz tili) 10 40 176.4 166.9
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 20 80 179.6 170
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili 20 55 179.7 170.2
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili 10 40 182.8 167.1
Jizzax filiali
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili 25 50 167.3 160.8
Qoraqalpoq davlat universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili 35 115 167.1 160.6
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 35 125 179.6 163.8
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili 5 20 164.1 154.9
Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: (ingliz tili) 15 35 163.7 151.8
Nukus davlat pedagogika instituti
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 35 115 176.4 163.6
Andijon davlat universiteti
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 20 130 185.8 170.1
Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: (ingliz tili) 5 20 164.2 157.6
Namangan davlat universiteti
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 40 85 185.8 173.4
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) 5 20 164.2 157.6
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili 10 40 176.6 166.8
Farg‘ona davlat universiteti
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 25 125 185.9 170
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili 25 75 179.7 167.3
Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: (ingliz tili) 5 20 173.3 154.7
Qo‘qon davlat pedagogika instituti
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 35 140 182.8 166.9
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda

xorijiy til (ingliz tili)

10 40 164.2 157.4
Buxoro davlat universiteti
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 60 90 182.8 173.3
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) 20 30 170.1 163.7
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili 30 95 185.9 170.4
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili 15 35 170.1 160.8
Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: (ingliz tili) 15 60 170.1 160.7
Urganch davlat universiteti
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 25 100 185.8 170.3
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili 10 65 182.8 167.3
Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: (ingliz tili) 5 20 167.2 160.9
Termiz davlat universiteti
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 40 110 185.9 167
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili 10 15 176.5 164
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili 15 35 170.1 160.5
Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: (ingliz tili) 5 20 160.8 154.9
Qarshi davlat universiteti
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 45 130 185.8 166.8
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili 40 85 182.8 164
Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 30 40 170.2 163.7
                                        Jizzax davlat pedagogika instituti
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 40 135 179.7 164
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) 10 40 167 160.7
Navoiy davlat pedagogika instituti
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 10 120 185.9 163.7
Samarqand davlat universiteti
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 10 40 167.2 161
Samarqand davlat chet tillari instituti
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 60 240 185.8 167.2
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) 15 60 166.9 160.6
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili 20 130 182.8 164.1
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili 25 50 170.2 160.6
Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: (ingliz tili) 10 40 170.2 160.9
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili 15 80 179.7 163.8

 

Ma’lumot o‘rnida: Bu yilgi abituriyentlar 5 ta fandan imtihon topshiradi.

Barcha test topshiruvchilar uchun 3 ta fan majburiy hisoblanadi. Maksimal toʻplash mumkin boʻlgan ball – 94,5 ball.

  1. Ona tili (oʻzbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar) – 15 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 2,1 ball. Maksimal ball – 31, 5.
  2. Matematika – 15 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 2,1 ball. Maksimal ball – 31, 5.
  3. Oʻzbekiston tarixi – 15 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 2,1 ball. Maksimal ball – 31, 5.

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos 2 ta fandan savollar. Maksimal toʻplash mumkin boʻlgan ball – 186 ball.

1-fan – 30 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 3,1 ball. Maksimal ball – 93.

2-fan – 30 ta savol, toʻgʻri javob uchun – 3,1 ball. Maksimal ball – 93.

Abituriyentlar bu yilgi kirish imtihonlarida 5 ta fandan jami 105 ta savol ishlashadi. Maksimal ball – 280, 5

 
 
Summary
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!