Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatga olish yakunlanmoqda

Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatga olish yakunlanmoqda

Xabaringiz bor, 2021-yil 3-mart kuni kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy test tizimi uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlanganini ma’lum qilgan edik. 

Talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va 3-aprel kuniga qadar (3-aprel kuni ham)  davom etadi. Talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda.

Mazkur xizmat “Milliy sertifikatlar”  bo‘limida joylashgan bo‘lib, shu yerdan tegishli fan (kimyo yoki biologiya) ni tanlagan holda test sinoviga ariza berish mumkin.

Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga sertifikat beriladi.

Mazkur sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasiga kirish test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.