Davlat granti 25 foizga oshiriladi, nodavlat OTMlarida ham grant o‘rinlari ajratiladi

Nihoyat, oliy ta’lim muassasalariga qabul ko‘rsatkichlari ma’lum qilindi.  Qaror loyihasiga koʻra,

bakalavriat bosqichiga:

kunduzgi taʼlim shakliga – 115 343 nafar;

sirtqi taʼlim shakliga – 36 211 nafar;

kechki taʼlim shakliga – 6 325 nafar;

magistratura bosqichiga – 12 914 nafar talaba qabul qilinishi belgilangan.

Nodavlat OTMlarga ham bu yil 1-marta davlat tomonidan 56 ta grant oʻrni ajratilishi reja qilingan.

Abituriyentlar uchun yaxshi yangilikladan biri davlat granti 25 foizga oshirilishi mumkin. O‘tgan yilgi umumiy kvotalar bilan taqqoslasak:

Oʻtgan yilda 150 375 nafar talaba qabul qilingan. Joriy yilda esa 170 793 nafar talaba qabul qilinishi kutilypti. Bu o‘z navbatida 20 418 nafarga ortganini ko‘rsatadi.

Shundan:

kunduzgi taʼlim shakliga:

Oʻtgan yilda – 103 575 nafar;

Joriy yilda – 115 343 nafar

Ortmoqda: 11768 nafar

kechki taʼlim shakliga:

Oʻtgan yilda – 31 350 nafar;

Joriy yilda – 36 211 nafar

Ortmoqda: 4861 nafar

magistratura:

Oʻtgan yilda – 10 425 nafar.

Joriy yilda – 12 914 nafar

Ortmoqda: 2489 nafar

Bundan tashqari, Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega boʻlgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha 2000 nafar qoʻshimcha davlat granti ajratilishi mumkin.

Loyiha 10-aprelga qadar muhokama qilinadi.

 
 
Summary
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!