So‘z — “Registon” o‘quvchilariga!

So‘z — “Registon” o‘quvchilariga!

Abbosxon G‘ayratov — 2005-yil, 11-yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Shayxontohur tumanidagi 19-maktabning 10-sinf o‘quvchisi. Til o‘rganishga qiziqadi.

Ba’zan ta’lim jarayonlaridagi kamchiliklar meni ranjitadi. Ammo ularni vaqti kelganda o‘zgartirish bizning qo‘limizdan kelishi mumkin. Shu sabab ayni vaqtda yaxshi ta’lim olish harakatini qilishimiz lozim. Xohlaymizmi yo‘qmi umumiy ta’lim bilan cheklanib bo‘lmaydi. Shunday vaqtda o‘z ustimda yana ham yaxshiroq ishlashda qo‘shimcha mashg‘ulotlarga ehtiyoj paydo bo‘ldi.

Yaqin do‘stimning tavsiyasiga ko‘ra “Registon” o‘quv markaziga bordim. Odatda muloqotda ko‘proq rus tilidan foydalanganimiz uchun o‘zbek tilli guruhlarda qiynalardim. Ammo markazdagi o‘qituvchim Dilnoza Anvarbekovna guruhda mashg‘ulotlarni har ikki tilda olib borishlari ma’qul keldi menga.

Ayni vaqtda ingliz tili mashg‘ulotlarining “Beginner” darajasini tugatish arafasidamiz. Boshlaganimizga hali uncha ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa-da, shu vaqt oralig‘ida yaxshi va to‘g‘ri tanlangan metodika sabab qiyinchiliklarsiz o‘zlashtirishga erishdik.

Dilnoza Anvarbekovna har doim yordam berishga tayyor va har qanday holatda ham o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlaydi. Ular mavzuni takror o‘tib berishdan hech qachon qaytmaydi. Savollarga ochiq chehra bilan javob qaytaradi. Asosiysi, o‘quvchilarning taqdiriga befarq qarab o‘tirmaydi. Chet tilini puxta o‘rganishini va kelajakni o‘zgartiradigan kishilar bo‘lishiga motivatsiya berib boradi.

Dars jarayonlarini ham aynan bir qo‘llanma bilan cheklangan holda emas, balki turli manbalardan foydalangan tarzda o‘tadi. O‘ylaymanki, ushbu metod orqali biz yana ham qisqaroq vaqt ichida o‘z maqsadimizga yetishamiz.

Niyatim, Toshkent davlat moliya instituti talabasi bo‘lish. So‘ngra ta’limni xorijda davom ettirish maqsadidaman.