Namangan davlat universitetida tibbiyot fakulteti tashkil etiladi. Qabul shu yildan boshlanadi

Tibbiyot sohasiga qiziqqan va mana shu yo‘nalishda oliy ma’lumotga ega bo‘lishni sitagan yoshlar uchun yana bir yaxshi yangilik. Yangi oʻquv yilida Namangan davlat universitetida tibbiyot fakulteti tashkil etiladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 18-19-fevral kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida ma’lum qildi.

Viloyatdagi tibbiyot xodimlariga boʻlgan ehtiyojni taʼminlash maqsadida Namangan davlat universitetida 2021/2022 oʻquv yilidan tibbiyot fakultetini tashkil etish choralari koʻriladi.

Bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiladi:

— 2021/2022 oʻkuv yilidan boshlab, tibbiyot fakultetiga talabalarni qabul qilinadi;

— tibbiyot fakultetida kadrlar tayyorlashda metodik yordam berish uchun Andijon davlat tibbiyot institutini biriktiriladi;

— tibbiyot fakulteti talabalarining amaliy koʻnikmalarini shakllantirish maksadida viloyatdagi tibbiyot muassasalariga integratsiyalashtiriladi;

— viloyatdagi ilmiy salohiyatli va malakali tibbiyot xodimlari pedagogik faoliyatga jalb etiladi.

Eslatib o‘tamiz: Sirdaryoda Turkiya tibbiyot universtiteti filiali ochilishi haqida xabar bergandik. Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti filiali o‘z faoliyatini Gulistonda 2021-2022 o‘quv yilidan boshlaydi.

 
 
Summary
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!