Prezident maktablariga imtihonlar qachon oʻtkazilishi aniq bo‘ldi!

Prezident maktabida ta’lim olish niyatida bo‘lgan ko‘p sonli yoshlar uchun muhim ma’lumot e’lon qilindi.

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichi 2021-yil iyul, 2-bosqichi avgust oyida tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova OAVga maʼlum qildi.

Shuningdek, prezident maktablariga kirish uchun qaysi fanlardan imtihon olinishi va imtihonlar tartibi ham bildirilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyundagi 526-son qarori bilan tasdiqlangan “Prezident maktablari toʻgʻrisida Nizom”ning 5-bob 39-bandiga asosan Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda oʻtkaziladi:

1-bosqich matematika fanidan 30 ta topshiriqdan iborat test shaklida oʻtkaziladi. Belgilangan vazifani bajarish uchun 90 daqiqa vaqt ajratiladi;

birinchi bosqich natijasiga koʻra qabul kvotasida belgilangan har bir oʻringa 20 kishi hisobidan maksimal talabgorlar 2-bosqichda ishtirok etishga ruxsat etiladi;

2-bosqich — axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash boʻyicha 16 ta masala;

mantiq elementlari boʻlgan matematika fanidan 24 ta masala;

ingliz tilidan 55 ta test.

2-bosqich kirish imtihonlari uchun jami 150 daqiqa vaqt ajratiladi.

Eslatma: Ushbu maʼlumotlar boʻyicha oʻzgarishlar boʻlsa, haqda qoʻshimcha xabar beriladi.

 
 
Summary
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!