Yuqori ball olgan yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab beriladi

Hukumat qarori bilan xalqaro imtihon tizimida  yuqori ball olgan yoshlar 2022-yil 1-yanvardan imtihon xarajatlarini olishi mumkin.

Bunda ular PDF formatda imtihon uchun qilingan to‘lov kvitansiyasi va sertifikatini topshirishlari kerak. 15 kun ichida sertifikat tekshiriladi va sertifikat haqqoniyligi tasdiqlanganda arizachiga pul to‘lab beriladi.

Eslatib o‘tamiz, prezident IELTS, TOEFL, GMAT va SAT imtihonlarida maksimal ballning kamida 75 foizini to‘plagan yoshlarning imtihon xarajatlari to‘liq qoplab berilishini ma’lum qilinadi.

Eng ommabop imtihon – IELTS da maksimal ball – 9. Buning 75 foizi 6,75ga teng. Ya’ni IELTS da 7 ball olganlarga imtihon uchun to‘lagan puli to‘liq qoplab berilishi mumkin.

 
 
Summary
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!