G‘OLIBLAR TAQDIRLANDI!

Xabaringiz bor o‘quv markazi tomonidan yoshlarning avgust imtihonlariga kirishga tayyorgarliklari darajasi qay holatdaligini bilish maqsadida sovrinli test sinovi o‘tkazgandi.

21-fevral kuni imtihonlarida g‘olib bo‘lgan  ishtirokchilarga tegishli tartibdagi pul yutuqlari hamda vaucher mukofotlari “Registan” o‘quv markazi asoschisi Avazbek Tulovovning shaxsan o‘zlari tomonidan o‘z egalariga topshirildi.

Eng yuqori natijalarni egallagan 50 nafar g’oliblarga quyidagi shakldagi mukofotlar taqdim etildi:

1-o’rin: 500.000 so’m

2-o’rin: 300.000 so’m

3-o’rin: 200.000 so’m

4-10 o’rinlar: Regbooks kitoblar to’plami hamda kurslarga 50.000 so’mlik vaucher

11-50 o’rinlar: Kurslarga 50.000 so’mlik vaucher.

“Registon” o‘quv markazi bunday sovrinli imtihonlar va tanlovlar o‘tkazish orqali yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

“Registon” — ilm izlagan yoshlar orasida!

 
 
Summary
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!