Natijalar ma’lum! G‘oliblar 21-fevral kuni taqdirlanadi

Ilm — har qanday holatda ham inosn uchun najot. Ilm bilan turli chigalliklar, muammo va imkonsizlikka yechim topish mumkin. Shunday ekan hamisha o‘qib-o‘rganishdan to‘xtamaslik lozim.

Xabaringiz bor, “Registon” o‘quv markazi tomonidan  yoshlarning qatnashish hamda o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishlari uchun DTM standartidagi test tashkil etildi.

Unda 700 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etishdi.  Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha DTM standartidagi eng noyob mavzulashtirilgan testlardan iborat nazorat imtihonda sinovdan o‘tishdi.

Jarayonda eng yuqori ball to‘plaganlar mukofotlanish belgilangan edi:

1-o’rin: 500.000 so’m

2-o’rin: 300.000 so’m

3-o’rin: 200.000 so’m

4-10 o’rinlar: Regbooks kitoblar to’plami hamda kurslarga 50.000 so’mlik vaucher

11-50 o’rinlar: Kurslarga 50.000 so’mlik vaucher

Test tekshirish jarayonida abituriyentlarning hech qanday imtiyozlari hisobga olinmagan bo’lib, faqatgina 5ta blok fanlar bo’yicha haqiqiy to’plagan ballari hisobga olindi. G’oliblar o’z yutuqlarini qanday qilib olish borasida hoziroq biz bilan bog’lanishlarini so’rab qolamiz!

G’oliblarni 21-fevral (Yakshanba) kuni soat 10:00 vaqtida tantanali ravishda taqdirlaymiz. Tadbir davomida abituriyentlar uchun maxsus motivatsion trening bo’lib o’tadi. Barchangizni kutamiz!

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 8-A uy. Registan Academy o’quv binosi.

Quyida ishtirokchilarning to‘liq natijalari bilan tanishishingiz mumkin:

 

 
 
Summary
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!