So‘z “Registon” o‘quvchilariga!

Diyorbek Yoqubjonov — 2002-yil 10-noyabrda Farg‘ona viloyati, Bog‘dod tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona viloyatidagi 1-maktabda tahsil olgan. O‘qish davomida fizika fanidan olimpiadada faxrli o‘rinlarni egallagan. Ayni vaqtda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida davlat granti asosida tahsil oladi.

— Inson hamisha maqsad bilan yashashi lozim. Ulg‘aygan sari undagi maqsadlari ham o‘zgarib, kengayib boradi. Shu vaqtga qadar, OTM talabasi bo‘lish maqsadida harakat qilgandim. Mana harakatlarim zoye ketmadi, talabaman. Endi keying maqsadim ta’limni chet elda davom ettirish. Va o‘z mutaxassisligim bo‘yicha yaxshi mutaxasis.

Bu maqsadimga erishishim uchun menga ingiz tilini chuqurroq o‘rganishim lozim. Shu sabab men ingliz tilidan qo‘shimcha darslarga qatnashni boshladim. Ko‘plab o‘quv markazlariga borib ko‘rdim. Ba’zilarida metodikasi qoniqtirmagan bo‘lsa, ba’zilarida tartibning biroz yetishmasligi ma’qul kelmadi. Shunda bir kursdoshim “Registon” o‘quv markazining Shahriston filialini tavsiya qildi. So‘ngra o‘quv markazining sinov darslarida ishtirok etib ko‘rdim.

Menga o‘qituvchining dars o‘tishi, professional yondashuvi ma’qul bo‘ldi. Mashg‘ulotlarning oylik to‘lovi ham juda qimmat emas. Shu bilan men o‘z maqsadimga “Registon” o‘quv markaz yordamida amalga oshirishga qaror qildim. Shu yil oxirida IELTS imtihonlarida qatnashib, yuqori ball olish va 2-kursdan Dubaydagi Khalifa universitetida o‘qishimni davom ettirmoqchiman. Nasib qilsa, albatta bu maqsadimga ham yetishaman.

 
 
Summary
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!