“Registon”da DTM standartidagi imtihon qanday o‘tdi? Jarayon suratlarda

“Registon”da DTM standartidagi imtihon qanday o‘tdi? Jarayon suratlarda

Xabaringiz bor bugun, 14-fevral kuni “Registon” o‘quv markazining barcha filiallarida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zbek va rus tilida DTM standartidagi eng noyob testlardan iborat OFFLINE imtihon bo‘lib o‘tishi haqida e’lon qilgandik.

Tongda ushbu qaynoq jarayon start oldi. Barcha filiallarda 700 nafardan ortiq yigit-qizlar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Imtihonlar 13 ta yo‘nalish bo‘yicha asosiy hamda majburiy fanlardan olindi.

Tarix + Ona tili va adabiyot

Tarix + Ingliz tili

Tarix + Geografiya

Ingliz tili + Ona tili va adabiyot

Matematika + Ingliz tili

Biologiya + Kimyo

Matematika + Fizika

Matematika + Kimyo

Matematika + Biologiya

Matematika + Ona tili va adabiyot

Matematika + Geografiya

Biologiya + Ona tili va adabiyot

Biologiya + Tarix

Test savollari soni xuddi DTM andozasi kabi mutaxassislik blokidan 30 tadan jami 60 ta test savoli, hamda majburiy fanlar blokidan 15 tadan jami 45 ta test savoli taqdim etildi.

Albatta, tanlovning mukofoti ham bor. Eng yuqori natijalarni egallagan 3 nafar g‘oliblarga quyidagicha naqd pul shaklidagi mukofotlar taqdim etiladi (vaucher emas):

1-o‘rin: 500.000 so‘m

2-o‘rin: 300.000 so‘m

3-o‘rin: 200.000 so‘m

4-10 o‘rinlar: Regbooks kitoblar to‘plami hamda kurslarga 50.000 so‘mlik vaucher

11-50 o‘rinlar: Kurslarga 50.000 so‘mlik voucher.

Natijalar e’lon qilingandan so‘ng, yaxshi natijaga etishgan yoshlar rag‘batlantiriladi. Va bu haqida yana maqolalarimizda yotirib boramiz!