Sizdan — ishtirok, bizdan — mukofot! (Kirish imtihonlariga tayyormisiz?)

Sizdan — ishtirok, bizdan — mukofot! (Kirish imtihonlariga tayyormisiz?)

“Registon” o‘quv markazidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yana bir amaliy tashabbus! Ishoning, bunaqasi avval bo‘lmagan!

Orangizda 5-11 sinf maktab o‘quvchilari, kunduzgi yoki sirtqi ta’limga o‘qishga topshirish niyatida bo‘lgan abituriyentlar hamda “perevod” imtihonlariga tayyorlanayotgan talabalar bormi? Demak, bu siz uchun foydali yangilik!

Xo‘sh, aytingchi, SIZ:

Maktabingizda yoki repititor mashg‘ulotlarida qanday bilim olayapsiz?

Egallagan bilimingiz bilan o‘qishga kira olasizmi?

Xorijdagi OTMdan o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha “perevod” imtihonlariga tayyormisiz?

O‘zingizga ishonasizmi? Tengdoshlaringiz bilan bilimingizni sinashni istaysizmi?

Yoki testimizda yuqori ball to‘plab 500.000 so‘m naqd pul mukofotiga ega bo‘lishni-chi?

Ishtirok etish uchun “Registon” o‘quv markazida tayyorlanayotgan bo‘lishi kerakmi?

U holda “Registan” o‘quv markazi siz uchun eng ishonchli diagnostik test sinovini taklif qiladi. DTM standartidagi test jarayonlarida qatnashing hamda bilimlaringizni raqiblaringiz bilan o‘zaro sinovdan o‘tkazing. Nimalarga qodir ekanligingizni aniqlashtirib oling! Yana bir muhim jihat bor. Tashkillashtirish rejalashtirilayotgan test jarayonlari OTM kirish imtihonlari kabi bo‘lib o‘tadi. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha DTM standartidagi eng noyob mavzulashtirilgan testlardan iborat nazorat imtihoni bo‘lib o‘tadi. Imtihonda barcha O‘zbekiston abituriyentlari ishtirok etishi mumkin. Ya’ni aynan “Registon” o‘quv markazida tayyorlanayotgan bo‘lishi shart emas. “Registon” o‘quv markazining eshiklari barchaga birdek uchun ochiq!

Test qaysi fanlardan bo‘ladi?

Imtihonlar 13 ta yo‘nalish bo‘yicha asosiy hamda majburiy fanlardan olinadi. Ya’ni:

  1. Tarix + Ona tili va adabiyot
  2. Tarix + Ingliz tili
  3. Tarix + Geografiya
  4. Ingliz tili + Ona tili va adabiyot
  5. Matematika + Ingliz tili
  6. Biologiya + Kimyo
  7. Matematika + Fizika
  8. Matematika + Kimyo
  9. Matematika + Biologiya
  10. Matematika + Ona tili va adabiyot
  11. Matematika + Geografiya
  12. Biologiya + Ona tili va adabiyot
  13. Biologiya + Tarix

Test savollari soni xuddi DTM andozasi kabi mutaxassislik blokidan 30 tadan jami 60 ta test savoli, hamda majburiy fanlar blokidan 15 tadan jami 45 ta test savoli taqdim etiladi.

Baholash qay tartibda bo‘ladi?

Mutaxassislik testlarining har bir to‘g‘ri javobi 3.1 balldan, majburiy fanlarning har bir to‘g‘ri javobi 2.1 balldan hisoblanadi. Savollar qiyinlik darajasi DTM standartlari bilan bir xil. Testlar o‘zbek hamda rus tilidagi mavzulashtirilgan testlar taqdim etiladi.

Majburiy fanlar bloki:

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) — 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;

Matematika — 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;

O‘zbekiston tarixi — 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan.

Ta’lim yo‘nalishiga mos asosiy blokdagi fanlar (yo‘nalishiga qarab o‘zgaradi):

1-fan — 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan;

2-fan — 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan.

Asosiy blokdagi 2 ta fan uchun jami 2 soat vaqt beriladi.

Ballarni hisoblash tizimida o‘zgarish bo‘lmaydi, avval qanday bo‘lsa, shundayligicha qoladi. Ya’ni har bir blokdan to‘plangan ballar qo‘shilib, umumiy ballni tashkil etadi va abituriyentlar mana shu 5 ta blokdan to‘plagan bali bo‘yicha o‘zaro kurashadi. Eng maksimal ball 280,5 ball bo‘ladi.

Testlarning qiyinlik darajasi qanday?

Ayrim yo‘nalishlarda majburiy blokdagi fan bilan maxsus blokdagi fan bir xil bo‘lib qolishi mumkin. Masalan, matematika yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyent majburiy blokda ham, mutaxassislik blokida ham matematika fanidan test ishlaydi. Bu ikkalasining asosiy farqi — majburiy blokdagi savollarning barchasi soddalashtirilgan, eng oson darajada bo‘ladi, mutaxassislik blokidagi savollar esa turli murakkablikda (oson, o‘rtacha, qiyin) bo‘ladi.

Test ishlab bilimingizni sinang, yaxshi natijangizga esa 500 ming som mukofotni qo‘lga kiriting!

Faqatgina 14-fevral kuni barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zbek va rus tilida DTM standartidagi eng noyob testlardan iborat OFFLINE imtihon bo‘lib o‘tadi.

Imtihon shakli: Offline (Onlayn emas)

Imtihon vaqti: 14-fevral

Imtihonda qatnashish: pullik

Ro’yxatdan o‘tish shart!

Deadline: 12-fevral

Eng yuqori natijalarni egallagan 3 nafar g‘oliblarga quyidagicha naqd pul shaklidagi mukofotlar taqdim etiladi (vaucher emas):

1-o‘rin: 500.000 so‘m

2-o‘rin: 300.000 so‘m

3-o‘rin: 200.000 so‘m

4-10 o‘rinlar: Regbooks kitoblar to‘plami hamda kurslarga 50.000 so‘mlik vaucher

11-50 o‘rinlar: Kurslarga 50.000 so‘mlik vaucher

Test natijalarini imtihon kunining ertasiga telegramdagi @Registan_LC kanali orqali bilib olasiz. Test natijalari orqali qaysi fandan va qaysi savollarga xato qilganingizni, u orqali javoblar varaqasi bilan qay darajada ishlaganingizni ko‘rishingiz mumkin. Sizda o‘z ustingizda ishlash imkoniyati bo‘ladi.

Test sinovlari Registan o’quv markazining Uchtepa, Yakkasaroy, Sergeli, Yunusobod tumanidagi filiallarida bo’lib o’tadi.

Murojaat uchun:

+998977410661 (telegram)

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun havola!