Endi OTMga kirishda maktab bitiruvchilarining baholari hisobga olinadi

Endi OTMga kirishda maktab bitiruvchilarining baholari hisobga olinadi

2023−2024 o‘quv yilidan boshlab OTMga kirish imtihonlarida maktab bitiruvchilarining so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini inobatga olish rejalashtirilmoqda. O‘rtacha ko‘rsatkich test sinovlari tugagach, tanlovdan oldin qo‘shilishi taklif etilgan. Qabul testlarida maksimal ballning 30 foizidan kam ball to‘plagan abituriyentlar kvota bo‘yicha tanlovda ishtirok etmasligi belgilanmoqda.

Maktab bitiruvchilarining majburiy 11 yillik ta’limining oxirgi 6 yillik baholari OTMga o‘qishga kirishda hisobga olinishi bo‘yicha qaror loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, 2022−2023 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining shahodatnomasi (diplom ilovasi)ga majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichikiritilishikiritilishi rejalashtirilmoqda.

Ta’lim muassasalari va kasb-hunar maktablariga mas’ul vazirlik va idoralar 2022−2023 o‘quv yilidan boshlab o‘z bitiruvchilarining so‘nggi 6 yillik baholarini aks ettiruvchi elektron platforma yaratadi. Baholarni elektron platformaga har o‘quv yili uchun iyun oyida kiritiladi.

Baholarning o‘rtacha ko‘rsatkichi qanday hisoblanadi?

Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi bitiruvchilari bahosining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblashda bitiruvchining 6−11-sinflardagi yillik baholarining umumiy yig‘indisi har bir sinfdagi o‘qigan fanlar sonining umumiy yig‘indisiga nisbati olinadi.

O‘rta maxsus ta’lim muassasalari va qabuli 9-sinf negizi asosida amalga oshiriladigan kasb-hunar maktablari (kollej, lisey) bitiruvchilari bahosining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblashda bitiruvchining 6−9-sinflardagi hamda 1−2-bosqichdagiumumta’limumumta’lim fanlari bo‘yicha yillik baholarining umumiy yig‘indisi o‘qigan umumta’lim fanlari sonining umumiy yig‘indisiga nisbati olinadi.

OTM imtihonlarida o‘rtacha ko‘rsatkichni inobatga olish

2023−2024 o‘quv yilidan boshlab ushbu ko‘rsatkich oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.

OTMga qabul testlari tugagach, belgilangan muddatda, abituriyentlarning test sinovida to‘plagan ballariga ularning o‘rtacha ko‘rsatkichlari qo‘shiladi, shundan keyin o‘qishga tanlov amalga oshiriladi.

Agar abituriyent imtihonda maksimal ballning 30 foizidan kam ball to‘plasa,ajratilgan kvota doirasida tanlovda ishtirok etolmaydi.

Qabul jarayonida abituriyent tomonidan taqdim etilgan shahodatnoma (attestat)dagi yoki diplom ilovasidagi baholar bilan maxsus elektron platformaga kiritilgan baholar o‘rtasida tafovut aniqlansa, u holda abituriyentning keyingi holati kirish imtihonlarida (talabalikka qabul qilingan bo‘lsa) talabalikka qabul qilingan ta’lim yo‘nalishi doirasida qayta ko‘rib chiqiladi. Agar kiritilgan o‘zgarishlar tufayli abituriyent to‘plagan ball qabul chegarasidan pastlab ketsa, mazkur abituriyent oliy ta’lim tashkilotiga qabul qilinmaydi.