Yon-atrofingiz yangi tajriba va g‘oyalar manbaidir

Yaxshi bilasiz, aziz abituriyentlar, Registon LC sizga faqat ta’lim berish bilan cheklanib qolmang, hayotda o‘z o‘rningizni topishingiz uchun turli loyihalar, xuddi shuningdek, treninglar o‘tkazib boradi.

Bunda yoshlarning ichki “men”ini kashf etish, uning maqsadiga yo‘naltirish va bu yo‘lda uchrashi mumkin bo‘lgan to‘siqlardan kam energiya sarflab o‘tish mumkinligini o‘rgatadi.

Navbatdagi amaliy trening Registon LC Chilonzor filialida tashkil qilindi. “Atrofingizdagi hamma narsaga e’tiborli bo’ling! Atrof — yangi tajribalar va g‘oyalar uchun ajoyib manba” mavzusidagi mashg‘ulotni psixolog Axadjon Qo‘shoqov  hamda filial rahbari Alisher Lapasov olib borishdi.

Bu galgi psixologik treningda hozirgi abituriyentlarning muommolarini o‘rganib chiqish hamda ularga psixologik yordam berish maqsadida tashkil qilindi. Yoshlarning aksariyat qismida uchraydigan yodda saqlash bilan bog‘liq muammoning uchrashi ko‘tarildi. Treninglar esa o‘z navbatida qanday yo‘l tutish kerakligi, xotirani kuchaytirish bo‘yicha o‘z maslahatlarini berishdi.

Xotira nega pasayadi?

Inson xotira funksiyasining mexanizmi juda ta’sirchan, u ko‘pgina sabablar natijasida o‘z funksiyasini o‘zgartirishi mumkin. Shifokorlar fikricha, xotirani pasayishiga quyidagi bir qator holatlar sabab bo‘lishi mumkin:

Zo‘riqish – jismoniy va aqliy;

Haddan ortiq ko‘p aqliy mehnat qilish, charchash;

Surunkali uyqusizlik;

Stress holatlari;

Kuchli bir martalik stress va boshqa shu kabi sabablar bo‘lishi mumkin. Ko‘p hollarda bolalar maktabga chiqa boshlaganlarida yoki yuqori sinfga o‘tganlarida xotiralari susaygani seziladi, bu esa bola miyasining zo‘riqishi bilan tushuntiriladi. Bunday vaziyatda ota-onalar bolalariga e’tiborli bo‘lishlari, ularni urishmasliklari zarur. Xuddi abituriyentlik davrida ham shunga o‘xshash holat kuzatiladi. Ularda ham mashg‘ulotlarning ko‘payishi, ko‘proq o‘z ustida ishlashi oqibatida toliqish hollari kuzatiladi. Bunday vaqtda kishi o‘ziga qanday e’tibor berishi, tashqi ta’sirlarni qanday yengib o‘tishni psixologik yo‘llari tushuntirildi.

Shu bilan birga hayojonni yo‘qotish, dangasalikga qarshi kurash, kuchli xotirani shakillantirish bo‘yicha psixologik yordam berildi…

 
 
Summary
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!