Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi global tashabbus (Global Initiative Against Transnational Organized Crime) tomonidan tashkil etilgan Resilience jamg‘armasi stipendiya olish uchun arizalar qabul qilmoqda.
Dasturning maqsadi — fuqarolik jamiyati tashkilotlari, inson huquqlari himoyachilari, jurnalistlar va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi boshqa faollar birlashishi va uyushgan jinoyatchilikning jamiyatga ta’sirini kamaytirishga qaratilgan platformani yaratishdir.
Stipendiya miqdori — 15000 AQSH dollari;
Nomzodlardan 10 ta g‘olib tanlab olinadi, stipendiatlar, shuningdek, konsultasiya olish va maslakdoshlar doirasiga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
Arizada loyihaning bu yilgi mavzusi — “Tovlamachilik va uyushgan jinoyatchilik” ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Nomzodlar ushbu tillardan birini mukammal bilishi kerak — ingliz, fransuz, ispan;
Arizalarni qabul qilish muddati — 4 yanvar, 2021 yil.
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish uchun quyidagi havolada!