Imkon ishonchli manzilda bo‘ladi. Gap Chilonzor filiali haqida!

Imkon ishonchli manzilda bo‘ladi. Gap Chilonzor filiali haqida!

“Registon” o‘quv markazining Chilonzor tumani filiali 2015-yildan boshlab o‘z ish faoliyatini yuritib kelmoqda. U “Registon” o‘quv markazining 2-filiali.

Ta’lim shakli ikki xil yo‘nalishda olib boriladi: xorijiy tillarni o‘qitish hamda O‘zbekitondagi milliy OTMlarga tayyorlov kurslari. Filialda til kurslaridan ingliz tili (IELTS), rus, koreys va xitoy tillari, matematika, fizika, tarix, ona tili va adabiyoti, ingliz tili, rus tili va adabiyoti, fizika (rus tilida), matematika (rus tilida), kimyo, biologiya fan mashg‘ulotlari tashkil etilgan.

2015-yildan to 2019-yillarga qadar Chilonzor filialida ta’lim olayotgan abituriyentlarning deyarli 85 foizdan ortig‘i o‘z maqsadiga erishgan. 2020-yilda esa natijalarning ko‘rsatkichi yuqoriladi. Ya’ni, abituriyentlarning deyarli 95 foizi talaba bo‘lgan.

Ingliz tilidan saboq beruvchi o‘qituvchilarining IELTS darajalari minimum 8.0 ball. E’tiborlisi, ularning hammasi chet elda malaka oshirib qaytishgan. Ingliz tili fanini o‘rganuvchilar bilan muntazam 2 nafar mutaxassis shug‘ullanadi. Ulardan biri asosiy, ikkinchisi esa yordamchi o‘qituvchi. Bu esa o‘rganuvchilarning yana ham tezroq natijaga erishishlarini ta’minlaydi. Ular har bir o‘quvchiga individual tarzda yondashib, ularning xarakteridan kelib chiqqan holda e’tibor qaratishadi.

“Registon” LC Chilonzor filialida har oyda abituriyentlar hamda til kurslari o‘rganuvchilaridan oylik imtihon o‘tkaziladi. Bundan asosiy o‘rganuvchilarning bir oy davomida qay darajada bilim egallagani, natija samaradorligi, qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotganini aniqlash. Oylik imtihon natijalari esa albatta ota-onalarga XAT tarzida yetib boradi.

Filial direktori Alisher Lapasov va menejerlar jamoasi o‘z oldiga katta maqsad va rejalarni nelgilab olishgan. Chilonzor tumanidagi deyarli barcha maktablar bilan shartnoma tuzib kelmoqda. O‘quv markaz tomonidan har oyda maktablararo o‘quvchilardan bepul DTM standartlari asosida test o‘tkazadi. Eng yuqori ball to‘plaganlarga filialda o‘qish uchun chegirma, sertifikatlar bilan taqdirladi. Bu orqali maktab o‘quvchilarining bilim olishga hamda kelajakda o‘z yo‘liga ega bo‘lishga ko‘maklashish.

— Bizning filial joylashgan hududda yana ko‘plab o‘quv markazlari mavjud, — filial direktori Alisher Lapasov. — Bu esa muhitini shakllantiradi. Majoziy ma’noda aytadigan bo‘lsak, “JANG MAYDONIDA” FAQAT KUCHLILAR G‘OLIB BO‘LADI. Biz esa raqobatdan qo‘rqmaymiz va faqat birinchi bo‘lishga intilamiz.

Abituriyentlarga quloq tutamiz:

Shaxboz Maxsudov:

Men hozirda “Registon” o‘quv markazi Chilonzor filialida o‘qimoqdaman. 2021-yilda universitetga kirish uchun imtihon topshiraman. Shunga ishonchim komilki, men “Registon” o‘quv markazi Chilonzor filialida ustozlarim ko‘magi bilan o‘qib, albatta, o‘zim orzu qilgan universitet talabasi bo‘laman. Menga ta’lim berayotgan ustozlarim Ulug‘bek aka Ashurov, Adham aka Nurmatov hamda Sojida opa G‘aniyevalar o‘z kasblarining mahoratli ustasi. Men bunga ishonch hosil qildim. Bizda har hafta va har oyda o‘tilgan mavzular bo‘yicha testlar bo‘lib o‘tadi. Bu esa bizga yanayam kuch bag‘ishlaydi…

Aziza Ramazonova:

“Registon” LC Chilonzor filiali ta’lim sifati, o‘qituvchilarining yuksak bilim saviyasi va darslarning zamonaviy metodlardan foydalanib, barcha o‘quvchilarni uyushtirgan holda bilim berish jihatidan shaxsan menga juda ma’qul. Hech ikkilanmay ayta olamanki, “Registon” o‘quv markazni tanlaganimdan hech qachon afsuslanmayman…

“Chilonzor”da shunday o‘qituvchilar borki…

Shaxboz Yunusov — “Registon” o‘quv markazi Chilonzor filialining matematika fani o‘qituvchisi. Uch yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Tayyorlagan abituriyentlarining deyarli 90 foizi talabalik baxtiga sazovor. Buxorolik Shaxboz Yunusov Toshkent Davlat Politexnika universitetini tamomlagan. Magistrlik darajasiga ega. Darslarni Buxoro Qorako‘l ta’lim usulida — talabchanlik va shiddat bilan olib boradi.

General English/ IELTS dan yuqori natija!

Ingliz tilini o‘rganishni maqsad qilgan barcha yoshlar borki, ular albatta, IELTS dan yuqori natijaga erishishni hamda ingliz tilida bemalol erkin so‘zlashishni orzu qiladi. Bu sohada ham e’tirof etgulik instruktorlar bor! Adham Nurmatov, Sardor Rajapov, Javohir Uskanov va Mehrobiddin Giyasov aynan shular jumlasidan. Ularning barchasi Xalqaro universitetlarni tamomlagan va bir nechta davlatlarda malaka oshirib kelgan.

Filialda rus tili o‘rgatish ham qolishmaydi!

“Registon” o‘quv markazi Chilonzor filiali rus tili kursiga ham alohida e’tibor qaratgan. Nigina Navruzova fanning fidoiy muallimi hisoblanadi. Nigina Navruzova bizning jamoaga yangi qo‘shilgan bo‘lishiga qaramay 100 nafardan ortiq o‘quvchilarni o‘ziga jalb qila olgan. Darslarni ajoyib kayfiyat hamda energiya bilan olib borishini ta’lim oluvchilar e’tirof etadi. U Moskva Davlat universitetini tamomlagan hamda bir necha yillar mobaynida pedagog sifatida o‘z ish faoliyatini olib borgan.

“Registon” o‘quv markazi Chilonzor filialining shu darajada rivojlanishida hamda yuksak darajaga erishishida uning direktori Alisher Lapasovning o‘rnini alohida ta’kidlash joiz. Qolaversa, markazdagi menejerlar va administratorlarning hamjihatlikda faoliyat yuritishi muvaffaqiyatlarni ta’minlaydi.

Biz shuni ta’diklamoqchimizki, “Registon” o‘quv markazi Chilonzor filiali haqida ko‘rgan, guvohi bo‘lgan holatimizni gapirib berdik. Mavjud imkoniyatlar haqida o‘rtoqlashdik. Axir, IMKON ISHONCHLI MANZILDA BO‘LADI. Agar siz ham kelajakda o‘z o‘rningizga ega bo‘lmoqchi, talaba bo‘lish hamda xalqaro tillarni mukammal tarzda egallamoqchi bo’lsangiz, Chilonzor filiali eshiklari siz uchun har doim ochiq!

Keling, darslarga yoziling hamda mqasadga erishing. Zero, Ilmni mehnatsiz egallab bo‘lmas!