Agar maqsadingiz sizni qo‘rqitmasa… “Registon” LCda yangi ijtimoiy loyiha

“Agar maqsadingiz sizni qo‘rqitmasa, demak u yetarlicha katta emas”. Bu bir insonniki bo‘ladimi yoki jamoanikimi birdek. Biz ham o‘z oldimizga maqsad qo‘ydik!

“Registon” o‘quv markazi hamda uning filiallari joylashgan barcha hududlardagi maktab bitiruvchilarining barchasi Oliy ta’lim muassasalari talabasi bo‘lishi shart!

Maqsadga yetishish uchun albatta reja bo‘lishi kerak. “Registon” o‘quv markazining o‘z strategiyasi ishlab chiqilgan. Keling bu bosqich bilan sizni tanishtiramiz:

I bosqich:

“Registan” LC hamda uning barcha filiallari joylashgan hududda joylashgan maktablar bilan kelishuv imzolanadi. Ya’ni har bir maktab rahbariyati bilan uchrashib, o‘quv markazi faoliyati hamda uning maqsadlari, erishilgan natijalar bilan yaqindan tanishtiriladi. Ikki tomon o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolanadi. Va bu bosqich allaqachon boshlab yuborilgan. Ikki tomon uchun ham foydali, eng asosiysi yoshlarni ilmga keng jalb qilishga erishiladi.

II bosqich:

Bu bosqichda targ‘ibot ishlari amalga oshiriladi. Ya’ni ijtimoiy tarmoqlarda, maktab o‘qituvchilari ko‘magida, o‘quvchilar bilan yuzma-yuz uchrashgan holda, tarqatma reklamalar hamda bannerlardan foydalaniladi. Shundan so‘ng guruhlar shakllantiriladi va qaynoq jarayonlar boshlab yuboriladi.

III bosqich:

Quyidagi bosqichda asosiy jarayon deb atasak ham bo‘ladi. Bunda o‘quv jarayonlari tashkillashtiriladi. Bitiruvchilarning tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlarga yo‘naltiriladi. O‘quv markazining katta tajriba va kuchli bilimga ega o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchilar bilan churuqlashtirilgan holda dars mashg‘ulotlari o‘tkazib boriladi.

IV bosqich:

Bu jarayon bevosita 3 boshqich bilan uzviy bog‘liq. Ya’ni o‘quvchilarning mashg‘ulotlar davomida egallagan bilimlarini nazorat imtihonlari davomida tahlil qilib boriladi. Imtihon davomida o‘quvchilar o‘z egallagan bilimlarining qay darajada ekanligini bilib borishlari mumkin. Imtihon natijalariga ko‘ra bo‘shliq bor mavzular yana qayta o‘rgatiladi. Shu bilan birga ular o‘zlarini kirish imtihonlari jarayonlariga ruhan tayyorlanib boradilar.

Ezgulik sari yo‘lga chiqqan karvon yo‘ldoshsiz qolmaydi. “Registon” LC chin ma’noda egzulik sari ildamlab bormoqda. Bu yo‘lda, albatta, uning minglab yo‘ldoshlari bo‘lishi tayin! Siz ham bu karvon safiga qo‘shiling. Buyuk maqsadlari chorrahasida yo‘llarimiz kesishadi!

P/S: Hech qachon maqsadni kichiklashtirmang, harakatingizni kattalashtiring!

 
 
Summary
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!