Shahristondan gapiramiz: havas qilgulik natijalar bor!

Shahristondan gapiramiz: havas qilgulik natijalar bor!

“Registon” o‘quv markazining Yunusobod tumanidagi Shahriston filiali o‘tgan yilning sentyabr oyidan boshlab faoliyatini boshlagan. Aynan Shahriston “Registon”ning Toshkent shahridagi 6 filiali hisoblanadi. Ta’lim ikki xil yo‘nalishda xorijiy va o‘zimizning milliy OTM talabalikka tayyorlaydi. Bundan tashqari til o‘rganuvchilarni ingliz, rus, koreys va xitoy tillariga tayyorlaydi. O‘tgan yilgi natijalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, markazda ta’lim olganlarning 90 foizdan ortig‘i o‘zlari tanlagan oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlarida muvaffaqiyatli natijaga erishdi.

Dars beradigan o‘qituvchilarning katta qismi faqat shu o‘quv markazida faoliyat olib boradi. Boshqa ta’lim tashkiloti yoki muassasasida ishlamaydi. Bu esa energiya va mehrni bir joyga jamlash degani!

Ingliz tili o‘qituvchilarimiz IELTSdan minimum 7,5 ball sertifikatiga ega. Bir o‘quvchi bilan ikkita o‘qituvchi shug‘ullanadi. Filial o‘qituvchilarining asosiy qismi Buxora ta’lim tizimining muvaffiqiyatli bitiruvchilari bo‘lganligi hamda Qorako‘l ta’lim berish uslubidab yaxshi xabardor bo‘lganliklari uchun o‘quvchilarga bilim berishda aynan shu uslubdan foydalanishadi.

Germaniya, Avstraliya va Polsha kabi davlatlardagi yaqin hamkorlarimiz bilan online darslar yoki motivatsion treninglarni tashkil etishni rejalashtirgan. Filial deriktori harakatchan matematika fani o‘qituvchisi Husniddin Nurillayev. Qorako‘l matematika maktabi, Toshkent moliya instituti bakalavr va magistratura bosqichi bitiruvchisi.

— Aynan bizning filial joylashgan binoda yana 5 ta o‘quv markazi faoliyat yuritadi, — deydi Husniddin Nurillayev. — Bu o‘z navbatida raqobat maydoni degani. Raqobat bo‘lganda ham albatta sog‘lom raqobat! Qachonki, kuchli mutaxassis, yetarli tajriba hamda kreativlik yuqori bo‘lsa, yaxshi ko‘rsatkichga erishish mumkin. Biz esa hamisha harakatda bo‘lamiz, o‘z ustimizda ko‘proq ishlaymiz, doimiy izlanishdamiz.

Abituriyentlar nima deydi?

Saidkarim Tursunbayev:

— Men “Registon” o‘quv markazining Shahriston filialida ingliz tilining IELTS guruhda hamda tarix fanidan ta’lim olaman. Men o‘z oldimga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi bo‘lish maqsadini qo‘yganman. Bu maqsadimga yetishishga ushbu markaz manga katta yordam bermoqda. Ya’ni shunchaki bilim berish bilan cheklanib qolmay, zarur vaqtda qimmatli tavsiyalari bilan to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishmoqda.

Markazda shunday o‘qituvchilar bor…

Sirojiddin Nurmanov — “Registon” o‘quv markazi Shahriston filialining matematika va fizika fanlari o‘qituvchisi. O‘zining salmoqli tajribasi hamda talabchan mutaxassisligi bilan abituriyentlarning yaxshi natijalarni qayd etishiga hissa qo‘shgan. Sirojiddin Nurmanovning o‘zi ham bir qancha yutuqlarga erishgan. 2016-yil matematika fanidan o‘tkazilgan Respublika olimpiadasida hamda 2017-yilda fizika fanidan bo‘lib o‘tgan Respublika miqyosidagi olimpiadalarda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan. 2017-yilda fizika yo‘nalishi bo‘yicha Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan xalqaro Jautikov olimpiadasi, shu yili Indoneziyadagi Butunjahon fizika olimpiadasi (IPHO) faxrli o‘rinlarni egallagan. Qisqa qilib aytganda “dunyo ko‘rgan”lardan! Sirojiddin Nurmanov hozirgi kunga qadar yuzlab o‘quvchilarning talaba bo‘lishlariga o‘z hissasini qo‘shgan.

IELTSdan yuqori natija!

Ingliz tilini o‘rganishni niyat qilgan har qanday yosh borki, IELTS imtihonlaridan yuqori balli sertifikatni qo‘lga kiritishni istaydi. Bu albatta mashaqqatli. Shu bilan birga zavqli hamdir. Mazkur imtihondan yuqori ballga ega bo‘lish ko‘pgina imkoniyatlar eshigini ochadi. Shahriston filialida ana shunday yuqori natijaga erishgan yoshlar bor. Ulardan biri Bobirjon Erkinovdir.

Bobirjon malakali o‘qituvchi Azamat Hasanovdan IELTS sabog‘ini olib kelgan. Imtihonda u ko‘pchilikning havasini uyg‘otadigan natijaga erishdi: Listening 9, Speaking 7.5!

Bunda IELTS instruktori Azamat Hasanovning professionalligi sababchi ekanini Bobirjonning o‘zi ham alohida ta’diklaydi.

Bir oilaning ikki farzandi bir vaqtda talaba bo‘ldi!

Agar abituriyent o‘qishga kirib talaba bo‘lsa, uning o‘zidan ham ko‘ra avvalo ota-onasi va yaqinlari ko‘proq suyunadi. Ertangi davomchilarining kelajagi yaxshi bo‘lishiga ishonch orta boshlaydi. Joriy yildagi kirish imtihon natijalari Sodiqovlar oilasini juda ham xursand qildi.

Sababi bu oilaning ikki a’zosi “Registon” o‘quv markazida ta’lim olib, Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston jahon tillari universiteti talabalari bo‘lishdi. O‘quv markazning ta’lim oluvchilari Robiya Sodiqova va ularning ukasi Komiljon Sodiqovlar olgan bilimlarini yuzaga chiqarib, markazga bo‘lgan ishonchni orttirishdi. Ularning maqsadlari kelajakda bilimlarini yanada boyitish hamda o‘zlaridek bilim olish niyatida bo‘lgan yigit-qizlarga saboq berish.

“Registon” o‘quv markazining Nurillayev Husniddin rahbarlik qilayotgan Shahriston filialida meneger Islombek Yangiboyevning ham o‘rni, mehnati beqiyosdir. Biz markaz haqida so‘z yuritar ekanmiz, ortiqcha maqtovlardan yiroq bo‘ldik. Aslidan bir-ikki na’munani siz bilan o‘rtoqlashdik xolos. Agar sizda bu maskanga nisbatan qiziqish uyg‘ongan bo‘lsa, unda albatta keling, ko‘ring, o‘rganing, bilimingizni birgalikda boyiting!

Zero, “Ziyo ulashgan — zulmatda qolmaydi!”.

Ro‘ziqul OCHILOV