DUNYODAGI ENG OSON FAN — MATEMATIKA!

Ishonmaysizmi?! Hozir buni isbotlab beramiz…

Qadrli bizni kuzatayotgan katta-yu kichik azizlarimiz! Bugungi maqolamiz matematika faniga oid bo‘lishini xohladik. Nega bilasizmi? Chunki biz har kuni hayot tarzimizda istaymizmi yo‘qmi aynan u bilan yuzma-yuz kelamiz!

Keling shu o‘rinda sizga bir savol bilan murojaat qilamiz:

Taxminan 3861 5879 5120 0124 mana shunday son. Ushbu sonni o‘qish uchun qancha vaqt sarflaysiz? Kim uchundir soniyalar kifoya qilsa, kimlar uchundir ancha vaqt sarflashga to‘g‘ri keladi. Nima matematiklarning miyasi ikkitami, yoki ko‘zi to‘rttami?

Sabab izlamang, undan ko‘ra imkon izlang— matematikani o‘rganing! Hisob-kitobda uquvli kishi hayotda sira kamlik ko‘rmaydi.

Insonning eng oliy sifati – bu tafakkur. Miyaning rivojlanishi uning istalgan fan va kelajakda egallashi mumkin bo‘lgan har qanday kasbni oson o‘zlashtirib olishiga kafolat bo‘ladi. Shu jihatdan qimmatli miyamizning faolroq bo‘lishi uni charxlab borishimizga bog‘liq. Matematikani o‘rganishni xohlaysiz-u, fan sizga qiyin va murakkabdek tuyuladimi? Sizga bir sirni aytay: olimlar dunyoda fanlarni oson va qiyinligiga qarab reytingga ajratgan, shundan ENG OSONI MATEMATIKA FANI ekani aniqlangan.

Chunki matematika insonning aqliy xususiyatlari imkoniyatidan kelib chiqib o‘zlashtirsa bo‘ladigan, boshqa ko‘p narsa talab qilinmaydigan fan. Undan keyingi o‘rinlarda fizika va kimyo turishi aytilgan. Chunki bu ikki fanni o‘rganish, tushunish uchun albatta matematikani bilish talab qilinadi. Bu ketma-ketlikning oxirgi o‘rnini falsafa egallagan. U dunyodagi eng qiyin fan ekan.

Ko‘rib turganingizdek, matematika haqida juda ko‘pchilik odamlar tasavvurida sun’iy shakllanib qolgan, qiyin fan degan aslida ilmiy tomondan noto‘g‘ri talqin isbotlangan: matematika dunyodagi eng oson fan!

O‘quvchilar matematika bilan bog‘cha yoshidanoq duch kelishadi, 1-sinfdan boshlab asosiy fan sifatida o‘qitiladi. Butun dunyoda shunday, butun insoniyat sivilizatsiyasining eng oliy ijodi bu – matematika.

Siz, abituriyentlarimizga matematika faqat oliy o‘quv yurtiga kirish uchun vosita emas, balki hayotingizda davomida doimo duch keladigan masalalarga yechim beruvchi yordamchi sifatida tasavvur uyg‘otishimiz kerakligini yaxshi bilamiz.

Bu muhim: Matematikning fantaziyasi keng bo‘lishi kerak!

Fanni o‘rganish niyatidagi yoshlarning matematika haqidagi qarashlari bilimlari oshgan sari o‘zgarib boraveradi. Avvaliga ular matematika oddiy arifmetik amallardan iborat fan bo‘lib ko‘rinadi, matematikaning asl jozibasini u hali bila olmaydi. Matematikaning oddiy hisob-kitob emasligini, balki murakkab formulalari, shakllarning yuzalarini, jismlarning hajmlarini hisoblashni o‘rganadi. Shu asnoda bilimlari oshgan sari beixtiyor bu fanga maftun bo‘lib boraveradi.

Devid Gilbert degan matematik bir kuni shogirdlaridan biri haqida shunday degan: “U shoir bo‘lib ketdi, matematik bo‘lish uchun fantaziyasi kamlik qildi…”

Chin ma’noda matematiklik ham ijodkorlik hisoblanadi. Unga fantastik yozuvchinikidan kam bo‘lmagan kuchli fantaziya kerak bo‘ladi. Fanni oddiy jonsiz “kalkulyator” kabi hech qanday hissiyotsiz qo‘shib-ko‘paytirish va yoki bo‘lib-ayirishnigina emas undan ijodkorlikni yaratish buyuklikni yaratadi.

Qadrli dunyoga arifmetikani o‘rgatgan Al-Xorazmiy, Beruniylar avlodlari! Biz sizlarga shunchaki matematik amallarni o‘rgatish bilan cheklanmaymiz. Bu ishni istalgan odam qilishi mumkin. Yoki zamon rivojlangan, telefoningizdagi kalkulyator orqali istalgan amalni bajarishingiz mumkin. Biz sizga matematikaning aslida qanday fan ekanligini, uning sirli dunyosini kashf etishni o‘rgatamiz. Bir so‘z bilan aytganda “Registon” o‘quv markazi bilan matematikani sevishni boshlaysiz! You love math with us!

 
 
Summary
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!