Esselar qabul qilish boshlandi!!! Birinchi mingtalikda bo’ling…

Esselar qabul qilish boshlandi!!! Birinchi mingtalikda bo’ling…

Butun O’zbekistondan esselar kelishni boshladi.  Tanlov e’lon qilinganiga to’rt kun bo’lgan bo’lsada, tanlov ishtirokchilarida juda ko’p savollar uyg’ondi.  Bu tabiiy. Sababi esse yozish an’anasi O’zbekistonda yaqindan boshlandi.   5-sinf adabiyot  darsligida nasriy asarlarning turlari sanalganda esse ham tilga olingan.  Lekin  bu janr haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.

   “Esselar tanlovi”  uchun esse  yozmoqchi bo’lganlar eng ko’p berayotgan savollarga javoblar:

  1.   Savol: Esse o’zbek tilida yo’q. U ingliz tilida essay shaklida bor, deb hayron bo’layotganlar uchun…       Javob: Esse janr sifatida o’zbek adabiyotiga kirib kelganiga ancha yillar bo’lgan. Bu haqida Shukur Xolmirzayev: “Esse – erkin ijod”  nomli suhbatida ( «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 2003 yil 16-sonida chop  etilgan) aytib o’tgan. Bu suhbatni to’lig’icha boshqa maqolada beramiz.
  2.  Savol: Esse va insho. Ularni nima farqi bor. Ikkalasi ham ijodiy ish bo’lsa, deb o’ylayotganlar uchun….             Javob:  Esse va inshoning shakl va ma’no jihatdan bir qancha farqlari mavjudki, ularni sanaymiz:                  a)  Esse to’laligicha erkin. Qoliplarsiz yoziladi. Ya’ni reja tuzilmaydi.   Insho esa rejasiz  yozilmaydi.                   b) Esse  to’laligicha shaxsiy fikr-mulohaza, his-tuyg’ular tasviridan iborat bo’ladi. Inshoda esa, imkon qadar xolis bo’lishga harakat qilinadi.                                                                                                                                            c) Esse har doim birinchi shaxsda yoziladi.  Inshoda esa, bunday talab mavjud emas.
  3. Savol: Tanlovda qaysi tildagi esselar qabul qilinadi?                                                                                            Javob:  O’zbek, rus va ingliz tillaridagi esselar qabul qilinadi.
  4. Savol: Tanlov uchun yozilgan esselar qaerda va qanday qabul qilinadi?                                                          Javob:  Esselar “Registon” o’quv markazining barcha filiallarida hamda t.me/esse_rgn  kanali orqali berilgan linkka sifatli rasmga tushirib, jo’natish mumkin.
  5. Savol:  Esselar qo’lyozma bo’lishi shartmi?                                                                                                            Javob:  Ha, shart. Sababi, qo’lyozma shaklida insonning barcha ichki imkoniyatlari yashirin. Qo’lda yozilgan ijodiy ishda insonning ichki dunyosi ko’rinib turadi. Ya’ni esse yozishdan maqsad o’zligimizga nazar solishdir.

[/vc_column_text][/vc_column][/vc_row][vc_row][vc_column][vc_raw_html]JTNDaWZyYW1lJTIwd2lkdGglM0QlMjI2NDAlMjIlMjBoZWlnaHQlM0QlMjIzNjAlMjIlMjBzcmMlM0QlMjJodHRwcyUzQSUyRiUyRm1vdmVyLnV6JTJGdmlkZW8lMkZlbWJlZCUyRmhDa0VzWUFtJTJGJTIyJTIwZnJhbWVib3JkZXIlM0QlMjIwJTIyJTIwYWxsb3dmdWxsc2NyZWVuJTNFJTNDJTJGaWZyYW1lJTNF[/vc_raw_html][/vc_column][/vc_row]