“Eng yaxshi kitobxon” tanloviga start berildi!

“Registon” o’quv markazi hamda O’zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorlikda butun insoniyat rivoji uchun xizmat qiladigan g’oya, ya’ni kitobga muhabbat tuyg’usini kushaytirishni maqsad qilib,  “Eng yaxshi kitobxon” tanlovini e’lon qiladi.

Bu tanlovni o’tkazishdan maqsad:

Sir emaski, har bir odam  tanasini rivojlantirib borishi, jismoniy charchamasligi  uchun bir kunda uch yo to’rt marta ovqatlanadi. Ya’ni yashash uchun, tiriklikni saqlab qolish uchun o’ziga jismoniy energiyani oladi.  Nima uchundir, ma’naviy-ruhiy energiya mavjudligini, u insonni hayvonot olamidan ajratib turishligini ko’pincha hisobga olmaymiz.  Kitob aynan ma’naviy-ruhiy energiya manbai ekanligini anglashimiz va barchamiz  dunyoqarashimizni “tuydirish”ni boshlashimiz kerak, nazarimizda. Mana shunday ezgu maqsadni ko’zlagan holda bu tanlov tashkil etildi.

Tanlov haqida qisqacha:

Tanlov 17.11.2018 dan 13.12.18 gacha davom etadi.

“Eng yaxshi kitobxon” tanlovi ishtirokchisi quyida berilgan kitoblardan birini  tanlab 17-noyabrdan to 13 dekabrgacha jiddiyat bilan o’qib chiqib, kitob mazmuni asosida o’z qarashlarini insho orqali yoritib beradi. Quyida berilgan asarlardan birini avval o’qigan qatnashchilar bo’lsa, unda ularning o’sha asar bo’yicha yozadigan insholari ham  qabul qilinadi.

Hech bir asar shunchaki yozilmaydi. Chunki yozuvchi jamiyatdagi  mavjud muammolarni  kuzatadi hamda bu muammolarning ildizi, sababi, oqibatini obrazlar vositasida ko’rsatib beradi. Quyida berilgan barcha asarlarning tag zaminida ma’lum ijtimoiy muammo ko’tarilgan  va ularning echimlari keltirilgan.  Inshoning mazmun-mohiyati mukammal chiqishi uchun bu jihatlarga alohida e’tibor qaratilishi lozim.

Tanlov shartlari:

  • Tanlovda 13 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin;
  • Quyida berilgan kitoblardan birini tanlash;
  • Tanlangan kitobni e’tibor bilan o’qib chiqish;
  • Asardagi eng ta’sirli voqea, hodisa, obraz va boshqalar haqida mustaqil sarlavhali insho yozish;
  • Insho mavzusi o’qilgan kitobning mazmunidan kelib chiqishi va bu mavzuning dolzarbligiga alohida e’tibor  berish;
  • Tanlangan mavzuni yoritishda erkin va tizimli fikrlash;
  • O’qilgan asarda muallif qanday ijtimoiy muammoni olib chiqqan va uning qanday echimlarini berganligni inshoda yoritish;
  • Tanlangan mavzuni  ochib berish, uning originalligi va erkin fikrga asoslanganligiga diqqat qilish;
  • Imloviy va leksik qoidalarga amal qilish;
  • Insho 12 varaqdan iborat daftarga yozilishi lozim;
  • Hajmi 500 so’zdan kam bo’lmagan insholar qabul qilinadi;
  • Insholar o’zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.
  • 12 varaqdan iborat daftarga yozilgan inshoni eng yaqin “Registon” o’quv markazi filialiga topshirish;
  • Daftarda qatnashchi haqida barcha ma’lumotlar: Ism va familiyasi, ta’lim muassasasi, telefon nomeri va boshqa kontaktlari bo’lishi lozim.
  • 17.11.2018 yildan to 13.12.2018  gacha barcha tanlov qatnashchilari o’z insholarini topshirib bo’lishlari lozim.

P.S.  Agar siz Toshkent shahrida bo’lmasangiz, unda o’n ikki varoqli daftarga inshoni yozib (albatta, qo’lyozma bo’lishi  shart), +99893 584-27-00 telegram nomerga yoki saytimiz elektron manziliga sifatli rasmga olib ham jo’natishingiz mumkin. Agar siz g’olib bo’lsangiz Toshkent shahriga taklif etamiz.  

Eng muhimi….

“Eng yaxshi kitobxon” tanlovi  g’olibi  “ Yangi yil” aksiyasiga chiptani qo’lga kiritadi.

2-3-o’rin sohiblari esdalik va qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlanadi.

1-o’rindan to 50-o’ringacha bo’lgan “Eng yaxshi kitobxon”  tanlovi g’oliblari “Yorug’likka intilib” nomli maxsus treningga qatnashish imkoniyatini qo’lga kiritadilar.

50-o’rindan to 200-o’ringacha esdalik sovg’alar bilan taqdirlanadilar.

“Eng yaxshi kitobxon” tanlovi bo’yicha yozilgan insholar 13-dekabrgacha “REGISTON” o’quv markazining barcha filiallarida qabul qilinadi.

Tanlov g’oliblari 15-dekabrda www.rgn.uz saytida e’lon qilinadi. 16-dekabr kuni barcha g’oliblar taqdirlanadilar.

Barchaga omad tilaymiz!!!

O’zbek tilidagi kitoblar
Badiiy asar nomi Muallifi
1. “Lison ut-tayr” A. Navoiy
2. “Boburnoma” Z. M. Bobur
3. “O‘tkan kunlar” (Roman) Abdulla Qodiriy
4. “Kecha va Kunduz”   (Roman) Cho‘lpon
5. “Abulfayzxon”   (Drama) Fitrat
6. “Shum bola”  (qissa) G’afur G’ulom
7. “Yulduzlar mangu yonadi” (qissa) Tog‘ay Murod
8. “Yulduzli tunlar” ( roman) Pirimqul Qodirov
9. “Dunyoning ishlari” (qissa) O‘tkir Hoshimov
10. Ruhlar isyoni  (doston) Erkin Vohidov
11. “Sohibqiron”  (she’riy drama) Abdulla Oripov
12. “Oq kema”  (qissa) Chingiz Aytmatov
13. “Otamdan qolgan dalalar” (roman) Tog‘ay Murod
14. ” Ulug’bek xazinasi” (roman) Odil Yoqubov
15. “Asrni qaritgan kun”(roman) Chingiz Aytmatov
16. “Mehrobdan chayon” (roman) Abdulla Qodiriy
17. “Sariq devni minib”  (roman) Xudoyberdi To’xtaboyev
18. “O‘tmishdan ertaklar”  (qissa) Abdulla Qahhor
19. “Navoiy”  (roman) Oybek
20. “Galatepaga qaytish” Murod Muhammad Do‘st

 

Kниги на русском языке
название книги автор
1. «Евгений Онегин» А.С. Пушкин
2. «Герой нашего времени» М.Ю. Лермонтов
3. «Мертвые души» Н.В. Гоголь
4. «Обломов» И.А. Гончаров
5. «Преступление и наказание» Ф.М. Достоевский
6. «Война и мир» Л.Н. Толстой
7. «Хамелеон» А.П. Чехов
8.  «Старуха Изергиль» М. Горький
9. «Мастер и Маргарита» М. Булгаков
10. «Прощание с Матерой» В. Распутин
11. «Ревизор» Н.В. Гоголь
12. «Вишневый сад» А.П. Чехов
13. «Тихая моя родина…» Н. Рубцов
14. «Братские могилы» В. Высоцкий
15. «Из ташкентского репортажа»   А. Вознесенский
16. «Василий Теркин» А. Твардовски
17. «Мильон терзаний». И.А. Гончаров
18. «Микроскоп» В. Шукшин
19. «Один день Ивана Денисовича»   А. Солженицын
20. «Иуда Искариот» Л. Андреев

 

Books in English author
1.  In Search of Lost Time Marcel Proust
2.  Don Quixote  Miguel de Cervantes
3.  Hamlet William Shakespeare
4.  The Odyssey  Homer
5. Crime and Punishment Fyodor Dostoyevsky
6. Alice’s Adventures in Wonderland Lewis Carroll
7.  The Sound and the Fury William Faulkner
8.  To the Lighthouse Virginia Woolf
9.  Heart of Darkness Joseph Conrad
10.  Anna Karenina  Leo Tolstoy
11. Great Expectations Сharles Dickens
12. Gulliver’s Travels Jonathan Swift
13.  The Grapes of Wrath John Steinbeck
14.  The Red and the Black Stendhal
15.  The Sun Also Rises Ernest Hemingway
16. Robinson Crusoe Daniel Defoe
17. Faust Johann Wolfgang von Goethe
19. Father Goriot Honoré de Balzac
20. Fairy Tales and Stories Hans Christian Anderson

 

“Eng yaxshi kitobxon” tanlovi uchun yozilagan insholar qanday tekshiriladi?

“Eng yaxshi kitobxon” tanlovi bo’yicha yoziladigan barcha insholarni “Registon” o’quv markazining  malakali mutaxasislari   tekshiradi.  Tekshirish jarayonida inshoning barcha talablari hisobga olinadi va quyidagi mezonlar bo’yicha tekshiriladi:

  1. Mustaqil fikr va original g’oyalar miqdori va sifati.
  2. Imloviy xatolarning miqdori va sifati
  3. Uslubiy xatolarning miqdori va sifati
  4. Grammatik xatolarning miqdori va sifati
  5. Tinish belgilari bilan bog’liq xatolar miqdori va sifati
  6. Fikrlarning mantiqan bog’langanligi hisobga olinadi.

Tekshirish jarayonida  har bir  qatnashchining ishi ikki o’qituvchi tamonidan ko’rib chiqiladi. Birinchi o’qituvchi ishning imloviy, uslubiy, grammatik , tinish belgilari bilan bog’liq  hamda fikrlarning grammatik bog’lanishiga doir xatolar miqdori hamda sifatini tekshiradi.  Xatolarning soni hisobga olinadi. Sifati deyilganda o’sha xatolarning takrorlanganligi hamda davomiyligiga e’tibor qaratiladi.  Bunday yo’l tutilishining sababi xatoni o’zi bilib, lekin o’sha joyda adashganidan qildimi,  yo uning xato ekanligini bilmaydimi?  Mana shu tamoni hisobga olinadi.

Ikkinchi o’qituvchi  tamonidan  har bir inshodagi mustaqil fikr  va original g’oyalarning miqdori va sifati aniqlanadi.  Tanlangan mavzu ochib berilganligi, originalligi va erkin fikrga asoslanganligi hamda birinchi o’qituvchining  tekshirish natijalarini hisobga olgan holda 100 ballik  tizimda ballar qo’yib chiqiladi.

“Registon” o’quv markazi

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko’chasi, 53-uy.

Qo’shimcha ma’lumot uchun: +99893-584-27-00

www.rgn.uz

[/vc_column_text][/vc_column][/vc_row]

 
 
Summary
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!