Malakali tarjimonlar chet tilini o’rganish sirlarini ochishadi

Malakali tarjimonlar chet tilini o’rganish sirlarini ochishadi

Bolalar chet tilini oson oʻrganishadi deyishadi. Lekin bu kattalar chet tilini oʻrgana olishmaydi degani emas. Yangi tilni oʻrganish borasida “TED” tarjimonlari quyidagi maslahatlarni berishadi.

Oldingizga aniq maqsad qoʻying. Erisha oladigan maqsadingiz aniq boʻlsa, ortiqcha qiynalmaysiz. “TED” tarjimonlaridan biri Judit Mas 50ta xorijiy soʻzni tanlab olib, ularni kundalik hayotda ishlatishni tavsiya etadi. Soʻngra esa grammatikaga oʻtish mumkin.

Xorijiy tildan har kuni foydalaning.

Chet tilidan qanchalik koʻp foydalansangiz, miyangiz bu tilga shunchalik moslashib boradi.

Til oʻrganishni odatga aylantiring. Til oʻrganishda oʻzingizga eng koʻp yoqadigan yoʻnalishni tanlang va shundan foydalaning. Bu suhbat, chet tilidagi kitoblarni oʻqish ki xorijiy filmlarni tomosha qilish boʻlishi mumkin.

Texnologiyalardan foydalaning. Hattoki telefoningizga oʻrganayotgan tilingizni oʻrnatish ham yordam berishi mumkin. “TED” xodimlari telefonga “Anki” yoki “Duolingo” ilovalarini oʻrnatishni tavsiya etadilar.

Oʻzingiz oʻrganayotgan tilda soʻzlashuvchi insonlar bilan doʻstlashing. Doʻstlar bilan xorijiy tilda soʻzlashish orqali siz biror fikrni aytish uchun avval ichingizda soʻzlarni takrorlab keyin tashqariga chiqarish oʻrniga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻz fikringizni ifodalashingizga yordam beradi. Agar chin dildan istasangiz, xorijiy tilda soʻzlashuvchi insonni hech bir muammosiz topa olasiz. Buning uchun koʻplab imkoniyatlar mavjud. Masalan, oddiygina internet.

Xatolardan xavotirga tushmang. Chet tilini oʻrganishdagi eng katta toʻsiqlardan biri xato gapirishdan qoʻrqishdir. Xorijlik inson sizning oʻsha tilda gapirishingizdan hayratlanishi mumkin, lekin aslo xato qilganingiz uchun ustingizdan kulmaydi. U sizning urinishingizni qadrlaydi va yordam beradi. Va, albatta, sabr qiling: chet tilida qancha koʻp gapirsangiz, oʻylagan natijangizga shunchalik yaqinlashasiz.