“REGISTON”DA 67-NAZORAT IMTIHONI O‘TKAZILDI

Ilm martabasi — martabalarning zo‘ridir, degan gap shubhasiz to‘g‘ri. Qaysi yerda ilmu ma’rifat kuchli bo‘lsa, o‘sha yer — baxt maskani,  omad xazinasidir. Bilim izlanish, o‘qib-o‘rganish hamda takrorlash mevasi. Egallangan har qanday bilim takrorlab turilmasa, unitilib ketishi mumkin. Takrorlash bilan bir qatorda uni sinovdan o‘tkazib turish ayni kerakli bosqich.  

Yaxshi bilasizki, “Registon” o‘quv markazida har oy sinov imtihonlari o‘tkaziladi. Bundan asosiy maqsad yoshlarimizning qanchalik bilim egallab borayotganlarini aniqlash va tahlil etish, ularga motivatsiya berish. Qolaversa, o‘quv jarayonlarining keyingi bosqichlarida qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimnigini belgilab olishdan iborat. 

Joriy yilning 1-noyabr sanasida navbatdagi 67-nazorat imtihoni o‘tkazildi. Mazkur keng qamrovli sinovlarda 700 nafardan ortiq yigit-qizlar offline ishtirok etishgan bo‘lsa, 4000 dan ortiq abituriyent online qatnashib o‘z bilimlarni sinovdan o‘tkazishdi. Ishtirok etishni istovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Registon” o‘quv markazining barcha filiallarida tashkil etildi. 

Bu galgi 67-nazorat imtihonlarimiz ham odatdagidek o‘zbek va rus tillarida otkazildi, — deydi “Registon” o‘quv markazi direktori Avaz Mamarayimovich. — Sinovlarimizdagi testlar DTM standartlari asosida Registon Test Servic tomonidan tayyorlandi. Ushbu testlarni shakllantirishda respublikamiz miqiyosidagi 40 nafardan ortiq o‘z fanining yetakchi mutaxassislari jalb etilgan holda tuzildi. Barcha savollar maxsus tayyorlangan va yangi testlar. Oldin qo‘llanilgan savollargan qayta foydalanilmaydi. 

Bo‘lib o‘tgan test sinovlarida offline ishtirok etganlar o‘z natijalarini internetdagi rgn.uz saytimiz orqali, online ishtirok etganlar esa @registan_lc telegram kanalimiz orqali bilib olishlari mumkin. 

Yakunda shuni aytmoqchimizki, hech qachon to‘xtamang, har doim faqat oldinga qarab harakatlaning! Maqsadlaringiz shunchaki orzu yoki havas bo‘lib qolmasin, uni amalda isbotlang!  

 
 
Summary
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *