“Eng yaxshi kitobxon-2019” tanlovi uchun yozilagan insholar qanday tekshiriladi?

Har yili butun Respublikamiz bo’ylab minglab o’quvchilar ishtirok etadigan  “Eng yaxshi kitobxon-2019” tanlovi   10-dekabr kuni, o’z nihoyasiga yetadi.   Tanlov uchun yoziladigan insholar  “Registon” o’quv markazining filiallarida qabul qilinadi.  Mutaxasislarimiz tamonidan tekshirish jarayoni uch kun ichida  olib boriladi.

“Eng yaxshi kitobxon” tanlovi uchun yozilagan insholar qanday tekshiriladi?

“Eng yaxshi kitobxon” tanlovi bo’yicha yoziladigan barcha insholarni “Registon” o’quv markazining  malakali mutaxasislari   tekshiradi.  Tekshirish jarayonida inshoning barcha talablari hisobga olinadi va quyidagi mezonlar bo’yicha tekshiriladi:

  1. Mustaqil fikr va original g’oyalar miqdori va sifati.
  2. Imloviy xatolarning miqdori va sifati
  3. Uslubiy xatolarning miqdori va sifati
  4. Grammatik xatolarning miqdori va sifati
  5. Tinish belgilari bilan bog’liq xatolar miqdori va sifati
  6. Fikrlarning mantiqan bog’langanligi hisobga olinadi.

Tekshirish jarayonida  har bir  qatnashchining ishi ikki o’qituvchi tamonidan ko’rib chiqiladi. Birinchi o’qituvchi ishning imloviy, uslubiy, grammatik , tinish belgilari bilan bog’liq  hamda fikrlarning grammatik bog’lanishiga doir xatolar miqdori hamda sifatini tekshiradi.  Xatolarning soni hisobga olinadi. Sifati deyilganda o’sha xatolarning takrorlanganligi hamda davomiyligiga e’tibor qaratiladi.  Bunday yo’l tutilishining sababi xatoni o’zi bilib, lekin o’sha joyda adashganidan qildimi,  yo uning xato ekanligini bilmaydimi?  Mana shu tamoni hisobga olinadi.

Ikkinchi o’qituvchi  tamonidan  har bir inshodagi mustaqil fikr  va original g’oyalarning miqdori va sifati aniqlanadi.  Tanlangan mavzu ochib berilganligi, originalligi va erkin fikrga asoslanganligi hamda birinchi o’qituvchining  tekshirish natijalarini hisobga olgan holda 100 ballik  tizimda ballar qo’yib chiqiladi.

“Registon” o’quv markazi

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko’chasi, 53-uy.

Qo’shimcha ma’lumot uchun: +99893-008-27-00    

[/vc_column][/vc_row]

 
 
Summary
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *