Biologiya fanini o’rganishning o’ziga xos yo’li topildi!

Biologiya fanini o’rganishning o’ziga xos yo’li topildi!

“Biologiya mnemonikasi” nomli yangi kitob nashrdan chiqdi. 

Bu kitob  abituriyentlar istak va xohishlari asosida yaratildi.  Sababi yurtimizda Oliy o’quv yurtlari juda ko’p. Bu oliygohlarning talabasi bo’lish esa har bir yosh avlodning orzusi. Ushbu ezgu niyatlarga yetish uchun yoshlar “Abituriyentlik” deb ataluvchi sinov davridan o’tishlari lozim. Bu davrni muvaffaqiyatli yakunlash uchun esa ularda kuch-g’ayrat, mustahkam xotiraning o’zi yetarli emas. Chunki asosiy mezon vaqt hisoblanadi.

Abituriyentlarda tabiiyki, savol tug’iladi   –  “Men qanday qilib qisqa vaqt ichida mustahkam bilimga ega bo’lishim mumkin”. Bu savolning yechimi bitta – sifatli ta’lim  ya’ni darsliklar mavzularini ma’lum qonuniyat asosida birlashtirib, soddalashtirgan holda o’rganish.

Tabiiy fanlar sirasiga kiruvchi Biologiya fanini o’rganuvchi abituriyentlar ko’pchillikni tashkil etishadi. Albatta bu fanni chuqur o’rganish ancha mushkul. Tarix fanida yodlash asosiy o’rinda tursa, matematikada tushunish alohida ahamiyatga ega. Biologiyada esa ham tushunish, ham yodlash lozim.

“Registon” o’quv markazida olib borilayotgan zamonaviy ta’lim esa bu masalaning yagona yechimidir. Mazkur o’quv markazida abituriyentlar biologiyaga oid bilimlarni  chuqur va qulay o’zlashtirish imkoniyatiga egalar.

O’zbekistondagi barcha abituriyentlar biologiya fanini oson va yangicha usulda o’rganishlari uchun “Registon” o’quv markazida “Biologiya mnemonikasi ”nomli qo’llanma tayyorlandi. Mazkur qo’llanma biologiyani mukammal o’zlashtirishingizda katta yordam beradi.

Mazkur qo’llanmada fanda ma’lum bo’lgan qonuniyatlar, voqealar, muhim ma’lumotlar shunday joylashtirilganki, abituriyent bitta ma’lumotni bilish  orqali,  qo’shimcha uchta ma’lumotni o’zlashtiradi. Masalan: 7 ta tur – nok (O’zbekistonda), sebarga (O’zbekistonda), archa (O’rta Osiyoda), yoki bitta o’simlik nomi ostiga u haqdagi barcha darsliklarda berilgan ma’lumotlar birlashtirilgan: eman – Yog’ochlik qavati qattiq, zamburug’lar bilan simbioz yashaydi (ektotrof mikoriza). Poliarktik va Neoartik biogeografik viloyatda o’sadi. Yorug’sevar, keng bargli o’rmonning birinchi yarusida o’sadi. Shu kabi juda aniqlik bilan keltirilgan ma’lumotlar orqali abituriyentlar fanga oid bilim va qonuniyatlarni chuqur va mustahkam o’zlashtiradilar.

Qo’llanmaning hayvonlar (zoologiya) ga oid ikkinchi bo’limida hayvonlarning o’xshash va farqli tomonlari tushunarli usulda bayon qilingan bo’lib, bu usul abituriyentlar uchun zoologiyani o’rganishning oltin kaliti hisoblanadi. Chunonchi, Xivchinlar: bir xivchinli-evglena, barcha hayvonlarning urug’ hujayralari (spermatazoidlar); ikki xivchinli volvoks hujayrasi, gidraning endoderma qavatidagi xazm qiluvchi hujayra, xlomedamonada, suvo’tlarning izogametasi, yo’sinning spermatazoidi; to’rt xivchinli – suvo’tlarning zoosporasi; ko’p xivchinli – qirqquloqlar va qirqbo’g’imlarning spermatazoidlari;  Qisqichbaqasimonlar va qushlarda ikki bo’lmali oshqozon mavjud. Qishqichbaqalarda ozig’i oldingi katta oshqozonda maydalanadi, kichik oshqozonida suziladi. Qushlarda esa oldingi oshqozoni bezli bo’lib oziqni yumshatadi, ikkinchi oshqozoni muskulli bo’lib oziqni maydalaydi.

Qo’llanma barcha darsliklardagi  malumotlarni o’z ichiga olgan. Unda har bir detal ya’ni rasmlar, jadvallardagi ma’lumotlar ham nazardan chetta qoldirilmagan. Ushbu qism 6-7 sinf darsliklarini asosida tayorlangan.

Bilim olish yo’lidagi mashaqqatli mehnatingizda omad yor bo’lsin!

[/vc_column_text][/vc_column][/vc_row][vc_row][vc_column][vc_raw_html]JTNDaWZyYW1lJTIwd2lkdGglM0QlMjI2NDAlMjIlMjBoZWlnaHQlM0QlMjIzNjAlMjIlMjBzcmMlM0QlMjJodHRwcyUzQSUyRiUyRm1vdmVyLnV6JTJGdmlkZW8lMkZlbWJlZCUyRkw4VkE5MDFtJTJGJTIyJTIwZnJhbWVib3JkZXIlM0QlMjIwJTIyJTIwYWxsb3dmdWxsc2NyZWVuJTNFJTNDJTJGaWZyYW1lJTNF[/vc_raw_html][/vc_column][/vc_row]