Oliy ta’lim muassasasidagi o‘qishini ko‘chirmoqchi, ko‘chirib tiklamoqchi yoki qayta tiklamoqchi bo‘lganlar diqqatiga!

Oliy ta’lim muassasasidagi o‘qishini ko‘chirmoqchi, ko‘chirib tiklamoqchi yoki qayta tiklamoqchi bo‘lganlar diqqatiga!

2019/2020 o‘quv yili kuzgi semestridan boshlab, boshqa  oliy ta’lim muassasasida o’qimoqchi bo’lgan, o’qishini tiklamoqchi yoki ko’chirib tiklamoqchi bo’lgan talabalar diqqatiga!!!

O‘qishni ko‘chirish va ko‘chirib tiklash bo‘yicha:

O‘qishni ko‘chirish (shu jumladan, xorijiy OTMdan ham) va ko‘chirib tiklash to‘g‘risidagi arizalar va hujjatlar 2019 yilning 15 iyulidan 5 avgustigacha (o‘sha kuni ham) bo‘lgan muddatda vazirlikning hududiy ishchi guruhlari tomonidan qabul qilinadi.

Arizalarni qabul qilish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi bittadan OTMda tashkil etiladi.

Hududiy ishchi guruhlari tashkil etiladigan OTMlar ro‘yxati Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2019 yilning 15 iyuliga qadar tasdiqlanadi va vazirlikning rasmiy veb-saytida va telegram kanalida e’lon qilinadi.

Hududiy ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

  1. Ariza (ariza blankalari hududiy ishchi guruhiga murojaat qilingan vaqtda hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi);
  2.  Pasport nusxasi;
  3.  Reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxasi.

Qayd etilgan hujjatlardan boshqa, ko‘chirishga bo‘lgan sabablarni asoslovchi hujjatlarni topshirish majburiy emas (tavsiyaviy harakterga ega).

Xorijiy OTM muassasalaridan O‘zR OTMlariga o‘qishini ko‘chirish istagini bildirganlar o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan ta’lim yo‘nalishiga kirish fanlaridan maxsus sinov topshiradilar (masalan, Toshkent tibbiyot akademiyasining Davolash ishi ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar – biologiya, kimyo, ona tili va adabiyoti fanlaridan imtihon topshiradilar).

Mazkur maxsus sinovlarning o‘tkazilish shakli va muddati O‘zR ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangandan so‘ng Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy-veb saytida e’lon qilinadi.

Xorijiy OTMlaridan maxsus sinovlarsiz ko‘chiriladigan Rossiya Federatsiyasi davlat oliy ta’lim muassasalari (oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatdan joy olgan) ro‘yxati iyulь oyida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-saytida va telegram kanalida e’lon qilinadi.

O‘qishni qayta tiklash bo‘yicha:

CHetlatilganligiga necha yil bo‘lganligidan qat’iy nazar o‘qishni qayta tiklash to‘g‘risidagi arizalar muayyan OTM tomonidan ko‘rib chiqiladi va qaror qabul qilinadi.

O‘qishni qayta tiklash (ko‘chirib tiklash emas) bo‘yicha arizalar har bir OTMning qabul komissiyasi tomonidan 2019 yilning
15 iyulidan 5 avgustiga qadar qabul qilinadi.

O‘qishini ko‘chirmoqchi, ko‘chirib tiklamoqchi yoki qayta tiklamoqchi bo‘lganlarga Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi.