“Registon” o’quv markazida psixologik trening bo’lib o’tdi

Abituriyentlar imtihonda faqat bilimi kuchliligi jihatidan emas, irodasi, ruhiy quvvati darajasi bo’yicha ham sinovdan o’tadilar. Bir necha yillar davomida o’zlashtirilgan bilimlar 3 soat ichida testlarni yechish asnosida ko’rsatib beriladi. Shu jihatlarni chuqur tushungan “Registon” jamoasi psixologik trening tashkil etdi.

 

Butun yil  davomida o’quv markazida olingan bilimlarni mustahkamlaydigan, takrorlab, xotirani chiniqtiradigan vaqtda umumiy psixologik trening o’tkazildi. Umumiy deyilishini sababi shundaki, o’quv markazida doimiy ravishda bunday treninglar o’tkaziladi. Har bir filialning o’zida ma’lum yo’nalishlar doirasida doimo o’tkaziladi. Bu safargisi butun   Shirin filiali miqyosida barcha yo’nalishlar birgalikda yig’ilib, umumiy psixologik trening bo’lib o’tdi. Yakkasaroy filialining treningi 9-10 iyun kunlariga mo’ljallangan.

[/vc_column_text][/vc_column][/vc_row]

 
 
Summary
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *