“Esselar tanlovi” taqdirlash marosimi

Poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da “Registon”oʻquv markazi tomonidan muntazam ravishda tashkil etilayotgan  “Esselar tanlovi 2019” Respublika iqtidorli yoshlar korik tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Respublika va hattoki qo’shni mamalakatlar miqyosida oʻtkazilgan tanlovda 13 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan iqtidorli yoshlar  ishtirok etishdi. Maxsus berilgan va erkin mavzularda yozilgan minglab esselar qabul qilindi   Tanlovning 2019-yil yakuni bo’yicha 200 nafar ijodkorlarning esselari  “Esselar tanlovi 2019”ning gʻolibi deb topildi.

 

  • 1-o’rin. Nurullayev Abbos “Mening hayotim” mavzusi
  • 2-o’rin. Yusupova Zulfinoy   “Dunyoqarashimni o’zgartirgan asar” mavzusi
  • 3-o’rin. Sobirova Dinora   “Dunyoqarashimni o’zgartirgan asar” mavzusi
  • 3-o’rin. Ramazonov Shomahmud “Vatan ozodligi uchun kurashgan kimni o’z qahramonim deb bilaman?” mavzusida yozgan esselari uchun taqdirlandilar.

Taqdirlash marosimida Nazar Eshonqul, Axtamqul Karim, Orif To’xtash va Muhammad Ismoil kabi xalqimizning suyukli yozuvchi, shoirlari mehmon bo’lishdi va sovrindorlar suyukli ijodkorlari qo’lidan sovg’alarni qabul qilib olishdi.
Taniqli so’z ustasi Zokir Ochildiyev, estrada xonandalari Umar Shamsiyev, Nargiza Azimova va Shohzamonlar tadbirga bayramona ruhiyat baxsh etishdi.

“Registon” o’quv markazi barcha g’oliblarni yanada yuqoriroq marralarni zabt etishga chorlab qoladi.

Barcha ishtirokchilarni asosiysi g’oliblik emas, qatnashmoq ekanligini eslatgan holda, ularni keyingi tanlovlarimizda kutib qolamiz!!!

[/vc_column_text][/vc_column][/vc_row]

 
 
Summary
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *