“Esselar tanlovi” uchun yozilagan esselar qanday tekshiriladi?

“Esselar tanlovi”  bo’yicha yoziladigan barcha esselarni “Registon” o’quv markazining  malakali mutaxasislari   tekshiradi.  Tekshirish jarayonida essening barcha talablari hisobga olinadi va quyidagi mezonlar bo’yicha tekshiriladi:

  1. Mustaqil fikr va original g’oyalar miqdori va sifati.
  2. Imloviy xatolarning miqdori va sifati
  3. Uslubiy xatolarning miqdori va sifati
  4. Grammatik xatolarning miqdori va sifati
  5. Tinish belgilari bilan bog’liq xatolar miqdori va sifati
  6. Fikrlarning mantiqan bog’langanligi hisobga olinadi.

Tekshirish jarayonida  har bir  qatnashchining ishi ikki o’qituvchi tamonidan ko’rib chiqiladi. Birinchi o’qituvchi ishning imloviy, uslubiy, grammatik , tinish belgilari bilan bog’liq  hamda fikrlarning grammatik bog’lanishiga doir xatolar miqdori hamda sifatini tekshiradi.  Xatolarning soni hisobga olinadi. Sifati deyilganda o’sha xatolarning takrorlanganligi hamda davomiyligiga e’tibor qaratiladi.  Bunday yo’l tutilishining sababi xatoni o’zi bilib, lekin o’sha joyda adashganidan qildimi,  yo uning xato ekanligini bilmaydimi?  Mana shu tamoni hisobga olinadi.

Ikkinchi o’qituvchi  tamonidan  har bir essedagi mustaqil fikr  va original g’oyalarning miqdori va sifati aniqlanadi.  Tanlangan mavzu ochib berilganligi, originalligi va erkin fikrga asoslanganligi hamda birinchi o’qituvchining  tekshirish natijalarini hisobga olgan holda 100 ballik  tizimda ballar qo’yib chiqiladi.

P. S.  Esseda muallif aql va tuyg’uning miqdori va sifatiga ham e’tibor berishi kerak. Ya’ni esse quruq faktlardan  yo faqat emosiyadan  iborat bo’lib qolmasligi  kerak. Esse  faktlardan tashkil topgan emosional voqealarning  yig’indisidan iborat bo’ladi.

 
 
Summary
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *