Essening o’ziga xos jihatlari

XXI asrning mashhur janrlaridan biri bo’lgan essening  o’ziga xos jihatlari quyidagilar:

  • Hajmi kichik bo’ladi.   500-1000 so’zgacha.  Masalan:  Hardvard biznes maktabida ikki varaq esse yetarli bo’ladi. Yevropa universitetlarida besh va yetti varaqqacha bo’lishi talab etiladi;
  • Aniq mavzuda  tizimli erkin  fikrlar beriladi.  Essening mavzusi aniq bo’lishi shart. U  majhul yo umumiy fikrlardan iborat bo’lmasligi kerak. Bitta g’oya tanlanadi.  Soddaroq qilib aytganda bitta savolga bitta javob beriladi;
  • Esse erkin kompozitsiyaga ega bo’ladi. Ya’ni reja tuzilmaydi. Hech qanday qolip yo ramkalarga solinmaydi;
  • Esseda yozuvchining “men”i yaqqol sezilib turadi.   Bu essening zaruriy sifatlaridan biridir;
  • Ichki fikriy bog’liqlik mavjud bo’ladi.  Barcha fikrlar bitta go’ya atrofida birlashadi. O’sha g’oyani dalillaydi hamda himoya qiladi;
  • Esse yozishda nisbatan oddiy so’z va iboralar tanlanadi.  Sababi  fikrlashda aniq, qisqa  va qat’iy qarorlar muhim ahamiyatga egadir;
  • Esse yozishda rasman faqat mavzuga ega bo’lish mumkin.  Boshqa qolip berilmaydi;
  •  Essening ichki tuzilishi erkin  bo’ladi.  Ya’ni barcha xatboshilar  bir-biri bilan mantiqiy bog’langan bo’lishi muhim ahamiyatga egadir;
  • Mazmunan bir xil fikrlar takrorlari  mavjud bo’lmaydi.  Esse kichik janr bo’lgani uchun unda bir xil fikrlar takrori bo’lmasligi kerak;
  • Muammo biror g’oya shaklida qo’yiladi. Unga yechim “bir predmetning turli tamonlardan ko’rinishi” shaklida beriladi.  Ya’ni bir fikr, qarash  atrofidagi barcha ijobiy yo salbiy, ilmiy yo g’ayriilmiy va boshqa qarashlar beriladi. Muallif ular orasidan o’zi uchun haqiqat deganini tanlaydi. Uni asoslantiradi va himoya qiladi;
  • Esse har doim birinchi shaxsda yoziladi.  Masalan:  “Men mana shu mavzu haqida yozishni  istayman …” bilan boshlanadi va “Men quyidagi xulosalarga keldim …” bilan yakunlanadi. Bu muallifga o’zi uchun yangi ma’lumotlarni kashf etishga va esseda rasmiy tafsilotlarga berilmaslikka imkon beradi.

[/vc_column_text][/vc_column][/vc_row]

 
 
Summary
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *