“Esselar tanlovi” da ishtirok etish shartlari

Esse – yozuvchining fikrini mustaqil, hech qanday reja, qoliplarsiz,  ma’lum mavzu bo’yicha bildirishidir. Inshodan farqi shundaki, esseda  shaxsiy fikr-mulohazalar beriladi hamda reja tuzilmaydi. Esse yozuvchiga keng erkinliklar beradi. Tasvirlanayotgan voqea-hodisalarga o’z munosabatini, his-hayajonini hamda shaxsiy qarashlarini singdiradi. Biror bir  konkret voqelikka nisbatan  ijobiy yoki salbiy munosabatini ifodalaydi. O’z qarashlarini bildiradi, ularni dalillaydi va himoya qiladi.

Tanlovda ishtirok etish qoidalari:

  • Tanlovda 13 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin;
  • Ishtirokchi faqat bir mavzu bo’yicha esse yozishi mumkin;
  • Esse 12 varaqli daftarga yozilishi lozim. Esse qo’lyozma bo’lishi shart;
  • Daftarda qatnashchi haqida bacha ma’lumotlar: Ism va familiyasi, ta’lim mussasasi, telefon nomeri, va boshqa kontaktlari bo’lishi lozim;
  • Hajmi 500 so’zdan kam bo’lmagan esselar qabul qilinadi;
  • Esselar o’zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.

G’oliblar uchun:

  • 1-o’rin   noutbuk
  • 2-o’rin  planshet
  • 3-o’rin  kitoblar jamlanmasi
  • 4-50-o’ringacha esdalik va qimmatbaho sovg’alar
  • 51-200-o’ringacha esdalik sovg’alar bilan taqdirlanadilar.

Asosiysi g’oliblar uchun   “Nurli kelajak sari” nomli trening  tashkil etiladi.

Esselar 10-maygacha  “Registon” o’quv markazining filiallarida maxsus nomer orqali ro’yxatga olinib, qabul qilinadi. O’quv markazimizga kelish imkoni bo’lmasa, pochta orqali yoki  qo’lyozmani rasmga olib, rasm shaklida registon_edu@mail.rume/@rgnuz  manzillariga jo’natish mumkin.   Elektron shaklda kelgan esselarga 24 soat ichida maxsus kod bilan ro’yxatga olinib, qabul qilinadi.

Tanlov g’oliblari 15-mayda www.rgn.uz saytida e’lon qilinadi. 19-may kuni barcha g’oliblar “Yoshlar ijod saroyi” da taqdirlanadilar.

Murojaat uchun: +99893 584 27 00

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko’chasi 53-uy. Pochta indeks: 100100.

[/vc_column_text][/vc_column][/vc_row]

 
 
Summary
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *