“Esselar” tanloviga start berildi

“Esselar” tanloviga start berildi

“Registon” o’quv markazi har yili an’anaviy tarzda o’tkazib kelayotgan  “Esselar” tanloviga start berdi.  Tanlov  25-martdan to 10-maygacha davom etadi. 15-mayda javoblar e’lon qilinadi. 19-may yakshanba kuni “Yoshlar ijod saroyida” tantanali taqdirlash marosimi bo’lib o’tadi.   G’oliblar 200 nafarni tashkil etadi. Kimda kim g’olib bo’lmoqchi bo’lsa, berilgan mavzulardan birini tanlab, o’z fikrlarini mustaqil qo’lyozma shaklida yozib, o’quv markazimizga topshirishi kerak. Barcha ishtirokchilarga omad yor bo’lsin!!!

ESSE MAVZULARI:

  1. Vatan ozodligi yo’lida kurashgan kimni o’z qahramonim deb bilaman?
  2. Vatanim uchun kelajakda nimalar qila olaman?
  3. O’n yildan so’ng  o’zimni qanday tasavvur qilaman?
  4. Men kelajakda kim bo’laman?
  5. Dunyoqarashimni o’zgartirgan asar haqida.
  6. Mening hayotdagi qahramonim (idealim).
  7. Mening oilam – hayotimning mazmuni.
  8. Mening  muvaffaqiyatim – oilam, vatanimning yutug’idir.
  9. Mening bilimim – kelajagim kafolati.
  10. Erkin mavzu. (Erkin tanlangan mavzu, I shaxsda bo’lishi lozim)

 

Fikrlash –  insonning eng oliy yutug’idir.  Tizimli, erkin va mustaqil fikrlash hayotdagi barcha muvaffaqiyatlarning asosida turadi.  Shunday ekan, fikrlashni o’rganish uchun nima qilish kerak, degan o’rinli savol tug’iladi.   Jahon  tajribasida yozma fikrlash tizimining  ixcham va sodda shakli sifatida esse qabul qilingan. Ko’plab mamlakatlarda o’qish, ishga kirishda yo qandaydir yuqori lavozimga ko’tarilishda esse yozish va uning natijasiga qarab, biror bir qarorga kelish keng qo’llaniladi. Buning sababi shundaki, insonning dunyoqarashi, bilimi va malakasi esseda yaqqol seziladi.

Esse – yozuvchining fikrini mustaqil, hech qanday reja, qoliplarsiz,  ma’lum mavzu bo’yicha bildirishidir. Inshodan farqi shundaki, esseda  shaxsiy fikr-mulohazalar beriladi hamda reja tuzilmaydi. Esse yozuvchiga keng erkinliklar beradi. Tasvirlanayotgan voqea-hodisalarga o’z munosabatini, his-hayajonini hamda shaxsiy qarashlarini singdiradi. Biror bir  konkret voqelikka nisbatan  ijobiy yoki salbiy munosabatini ifodalaydi. O’z qarashlarini bildiradi, ularni dalillaydi va himoya qiladi.

Essega xos jihatlar quyidagilar:

  • Hajmi kichik bo’ladi.   500-1000 so’zgacha.  Masalan:  Hardvard biznes maktabida ikki varaq esse yetarli bo’ladi. Yevropa universitetlarida besh va yetti varaqqacha bo’lishi talab etiladi;
  • Aniq mavzuda  tizimli erkin  fikrlar beriladi.  Essening mavzusi aniq bo’lishi shart. U  majhul yo umumiy fikrlardan iborat bo’lmasligi kerak. Bitta g’oya tanlanadi.  Soddaroq qilib aytganda bitta savolga bitta javob beriladi;
  • Esse erkin kompozitsiyaga ega bo’ladi. Ya’ni reja tuzilmaydi. Hech qanday qolip yo ramkalarga solinmaydi;
  • Esseda yozuvchining “men”i yaqqol sezilib turadi.   Bu essening zaruriy sifatlaridan biridir;
  • Ichki fikriy bog’liqlik mavjud bo’ladi.  Barcha fikrlar bitta go’ya atrofida birlashadi. O’sha g’oyani dalillaydi hamda himoya qiladi;
  • Esse yozishda nisbatan oddiy so’z va iboralar tanlanadi.  Sababi  fikrlashda aniq, qisqa  va qat’iy qarorlar muhim ahamiyatga egadir;
  • Esse yozishda rasman faqat mavzuga ega bo’lish mumkin.  Boshqa qolip berilmaydi;
  •  Essening ichki tuzilishi erkin  bo’ladi.  Ya’ni barcha xatboshilar  bir-biri bilan mantiqiy bog’langan bo’lishi muhim ahamiyatga egadir;
  • Mazmunan bir xil fikrlar takrorlari  mavjud bo’lmaydi.  Esse kichik janr bo’lgani uchun unda bir xil fikrlar takrori bo’lmasligi kerak;
  • Muammo biror g’oya shaklida qo’yiladi. Unga yechim “bir predmetning turli tamonlardan ko’rinishi” shaklida beriladi.  Ya’ni bir fikr, qarash  atrofidagi barcha ijobiy yo salbiy, ilmiy yo g’ayriilmiy va boshqa qarashlar beriladi. Muallif ular orasidan o’zi uchun haqiqat deganini tanlaydi. Uni asoslantiradi va himoya qiladi;
  • Esse har doim birinchi shaxsda yoziladi.  Masalan:  “Men mana shu mavzu haqida yozishni  istayman …” bilan boshlanadi va “Men quyidagi xulosalarga keldim …” bilan yakunlanadi. Bu muallifga o’zi uchun yangi ma’lumotlarni kashf etishga va esseda rasmiy tafsilotlarga berilmaslikka imkon beradi.

       Tanlovda ishtirok etish qoidalari:

  • Tanlovda 13 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin;
  • Ishtirokchi faqat bir mavzu bo’yicha esse yozishi mumkin;
  • Esse 12 varaqli daftarga yozilishi lozim. Esse qo’lyozma bo’lishi shart;
  • Daftarda qatnashchi haqida bacha ma’lumotlar: Ism va familiyasi, ta’lim mussasasi, telefon nomeri, va boshqa kontaktlari bo’lishi lozim;
  • Hajmi 500 so’zdan kam bo’lmagan esselar qabul qilinadi;
  • Esselar o’zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.

G’oliblar uchun:

  • 1-o’rin   noutbuk
  • 2-o’rin  planshet
  • 3-o’rin  kitoblar jamlanmasi
  • 4-50-o’ringacha esdalik va qimmatbaho sovg’alar
  • 51-200-o’ringacha esdalik sovg’alar bilan taqdirlanadilar.

Asosiysi g’oliblar uchun   “Nurli kelajak sari” nomli trening  tashkil etiladi.

Esselar 10-maygacha  “Registon” o’quv markazining filiallarida maxsus nomer orqali ro’yxatga olinib, qabul qilinadi. O’quv markazimizga kelish imkoni bo’lmasa, pochta orqali yoki  qo’lyozmani rasmga olib, rasm shaklida registon_edu@mail.ru, me/@rgnuz  manzillariga jo’natish mumkin.   Elektron shaklda kelgan esselarga 24 soat ichida maxsus kod bilan ro’yxatga olinib, qabul qilinadi.

Tanlov g’oliblari 15-mayda www.rgn.uz saytida e’lon qilinadi. 19-may kuni barcha g’oliblar “Yoshlar ijod saroyi” da taqdirlanadilar.

Murojaat uchun: +99893 584 27 00

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko’chasi 53-uy. Pochta indeks: 100100.

 

 

[/vc_column_text][/vc_column][/vc_row][vc_row][vc_column][vc_raw_html]JTNDaWZyYW1lJTIwd2lkdGglM0QlMjI2NDAlMjIlMjBoZWlnaHQlM0QlMjIzNjAlMjIlMjBzcmMlM0QlMjJodHRwcyUzQSUyRiUyRm1vdmVyLnV6JTJGdmlkZW8lMkZlbWJlZCUyRmhDa0VzWUFtJTJGJTIyJTIwZnJhbWVib3JkZXIlM0QlMjIwJTIyJTIwYWxsb3dmdWxsc2NyZWVuJTNFJTNDJTJGaWZyYW1lJTNF[/vc_raw_html][/vc_column][/vc_row]