AZIZ ASRIMIZNING ASL ZOTLARI

Aziz va biz uchun qadrli bo’lgan ustozlar va murabbiylar! “Registon” o’quv markazi sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan tabriklaydi. Hamisha sog’ – salomat bo’lib, shogirdlaringiz baxti, kamoli va yutuqlarini ko’rishni Allohdan tilab qoladi.

Qadrli  Ustozlarimizni , kasb bayramlari bo’lmish 1-oktyabr O’qituvchilar va murabbiylar kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!

Bir Ustozim aytar edilar: “ Islohotchini ham, siyosatchini ham, tikuvchini ham, olimni ham… ustoz o’qitadi, tarbiyalaydi. Xattoki, meni ham ustoz o’qitgan”.
Darhaqiqat, shoir she’rida aytganidek, “Oddiy muallim…”

                 ODDIY MUALLIM

Qadri bilinadi menga endi goh,

Olis maktabimning o’sha behasham…

Navoiy-ku bizga ustazdir, biroq

Kimgadir o’qitgan-ku Navoiyni ham.

Shunday buyuk zodga xarf o’rgatgan kim?…

Odddiy muallim-da, oddiy muallim.

Tuproqdek xokisor, bezota jonlar,

Ammo qanotida tog’dek ulug’vor,

Ammo Temurdayin Sohibquronlar

Firim deb , etgin o’pganlar ham bor.

Qaysar joxongirda yo’l ko’rsatgan kim?

Odddiy muallim-da, oddiy muallim.

Yo’qdan Beruniylar binolar qilgan,

Mashrafni mashhuri dunyolar qilgan,

Husaynni – Ibn Sinolar qilgan,

Iloh so’z o’rgatgan kim?
Odddiy muallim-da, oddiy muallim.

Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,

Qoqlinsa ko’targan qo’ltiqlaridan,

Otadek ezilgan g’usaga botsa,

Boladek quvongan yutuqlaridan,

Uyqida shogrdin o’ylab yotgan kim?…

Odddiy muallim-da, oddiy muallim.

Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh —

Halim topolmadim undan halimroq.

Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh,

Olim topolmadim undan olimroq.

Bola yuragimda bеbaho tilsim —

Oddiy muallim-da, oddiy muallim.

Yuzga kiraman mеn Xudo xohlasa —

Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im

Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa,

So’nggi safar sari otlangan chog’im,

Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim,

Oddiy muallim-da, oddiy muallim!

 Muhammad Yusuf.

 
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *