Qanday qilib yuksak marralarga noldan ko’tariladi?

Qanday qilib yuksak marralarga noldan ko’tariladi?

Maktabni bitirib nufuzli oliy oʻquv yurtida oʻqish, soʻngra maoshi yuqori ishga joylashish – aksariyat yoshlar mana shunday xayollarda yuradilar. Ota-onalar esa farzandlarining institutda tahsil olishi davomida ularni pul bilan taʼminlab turishadi. Ammo bu toʻgʻrimi? Maktabni bitiriboq kasb tanlashimizga toʻgʻri keladi. Yana shunisi ham borki, kasbni bir umrga tanlaymiz. Shu tarzda oʻzimizni chohga tashlaymiz.

Aslida esa yuridik firmada kuryer boʻlib ishlab ham besh yil institutda oʻqiganlardan koʻproq narsani oʻrganish mumkin. Shu yoʻl bilan huquqshunoslar qanday ishlashadi, nimalar bilan shugʻullanishadi, oʻz koʻzi bilan koʻrish mumkin.

Koʻzingizga kamdaromad, past darajali koʻringan ish ham hayotda koʻp kerak boʻladigan muhim maʼlumot va malakani berishi mumkin.

Talabalar esa buning oʻrniga oʻqishni bitiriboq hali bir kun ham ishlab koʻrmay shaxsiy kabineti, kotibasi va mashinasi boʻlishini orzu qilishadi.

AQSH va Yevropada hattoki boy oilalarda ham farzandlari maktabni bitirishi bilan ularni pul bilan taʼminlash toʻxtatiladi: “Endi oʻzing ham ishlab pul topishni oʻrgan”, deyishadi. Maktabni bitirgan yoshlar ofitsiant, kassir, farrosh boʻlib mehnat qilishadi. Bu ular uchun uyat emas, aksincha, ular oʻzlari ishlab pul topayotganliklari bilan faxrlanishadi.

Mehnat qilib pul topishning hech qanday aybi yoʻq. Yoshlikda kam haq toʻlanadigan ishda ishlash omadsizlik tamgʻasi emas, yorqin kelajak uchun tramplindir.

Bu bir umr ofitsiant yoki xizmatchi boʻlib oʻtish kerak degani emas. Ammo oʻz iqtidori va salohiyatini aniqlash, mehnat qilishga oʻrganish hamisha naf keltirishini unutmaslik darkor. Zero dunyoga mashhur boylar va tadbirkorlarning aksariyatiga boylik meros boʻlib qolmagan, balki yoshlikdan mehnat qilish evaziga ana shu darajaga erishishgan