Ingliz tilini samarali o’rganish uchun eng foydali maslahatlar

Ingliz tilini samarali o’rganish uchun eng foydali maslahatlar

[vc_row][vc_column][vc_column_text]1. “YouTube”da ingliz tilida video koʻring

“YouTube”da video koʻrayotganda nafaqat tilni, balki oʻz makoningizni ham oʻzgartirishingiz mumkinligini bilasizmi? Agar oʻz mamlakatingizni ingliz tilida soʻzlashuvchi mamlakatga oʻzgartirsangiz haqiqiy ingliz tilida soʻzlashuvchilarning roliklarini topishingiz mumkin. “YouTube” ingliz tilidagi roliklar judayam koʻp!

2. Ingliz tilidagi subtitrli koʻrsatuv va filmlarni tomosha qiling

Bu sizning nutqingiz rivojlanishi va ingliz tilidagi soʻzlarni eslab qolishingizga yordam beradi. Uning foydasini tezda sezasiz. Asosiysi, dangasalik qilmaslik!

3. Ingliz tilida blog yuriting

Nimalarni oʻylayotganingizni yozing va hamma bilan oʻrtoqlashing. Sizga kimlardir javob qaytarishi mumkin: ularga til oʻrganayotganingizni ayting, ehtimol ular sizning xatolaringizni toʻgʻrilashar va oʻz bilimlari bilan sizga yordam berishar.

4. Ingliz tilida qanday gapirishingizni tasvirga oling

Bu “YouTube”ga joylashtiriladigan rolik yoki telefonga yozib olingan rolik va hatto shunchaki oddiy audioyozuv boʻlishi ham mumkin. Oʻz yozuvlaringizni ingliz tilidagi yozuvlar bilan solishtiring, talaffuzingiz yaxshilanishiga erishasiz.

5. Ingliz tilidagi saytlar, elektron kitoblar, gazeta va jurnallarni oʻqing

Oʻqish sizga yozma nutqni yaxshiroq tushunishingizga yordam beradi. Internet beradigan cheksiz imkoniyatlar orqali til oʻrganish qiyin emas. Siz yangiliklar yoki kasbingizga oid maʼlumotlarni oʻqishingiz mumkin, asosiysi nimani oʻqishingiz emas, ingliz tilidagi matnlarni oʻqishingizdir.

6. Munozaralardagi ishtirok

Sizni qiziqtiradigan mavzu yoki xobbingiz bormi? Bu haqda ingliz tilida gaplashishingiz mumkin. Forumlar va ijtimoiy tarmoqlarda oʻz qiziqishingizga mos fikrlovchi insonlar bilan suhbatlashing.

7. Ingliz tilida soʻzlashuvchilar bilan skayp orqali suhbat quring

Eng muhim vazifalardan biri ingliz tilida gaplashuvchilar bilan jonli muloqot qilishdir. Jonli muloqot tilni oson oʻrganishingizga yordam beradi. Bu borada “italki” servisidan foydalanishingiz mumkin.

8. Oʻyinlar oʻynang

Ingliz tilini oʻrganishga moʻljallangan maxsus oʻyinlarni oʻynang. Bu usul ham til oʻrganishingizni, ham maroqli hordiq chiqarishingizni taʼminlaydi.

10. Oʻz kartochkalaringizni tuzing

Inglizcha soʻzlarni kartochkalar yordamida eslab qolish ham samara beradi. Siz uchun qiyin tuyulgan soʻzlarni maxsus kartochkalarga yozib qoʻying. Kartochkalar toʻplami orasidan birorta kartochkani sugʻurib oling va uning tarjimasini ayting. Javobingizni tekshirish uchun esa kartochkaning toʻgʻri javob yozib qoʻyilgan orqa tomoniga qarang.[/vc_column_text][/vc_column][/vc_row][vc_row][vc_column][vc_raw_html]JTNDaWZyYW1lJTIwd2lkdGglM0QlMjI2NDAlMjIlMjBoZWlnaHQlM0QlMjIzNjAlMjIlMjBzcmMlM0QlMjJodHRwcyUzQSUyRiUyRm1vdmVyLnV6JTJGdmlkZW8lMkZlbWJlZCUyRnNtZk82RkQlMkYlMjIlMjBmcmFtZWJvcmRlciUzRCUyMjAlMjIlMjBhbGxvd2Z1bGxzY3JlZW4lM0UlM0MlMkZpZnJhbWUlM0U=[/vc_raw_html][/vc_column][/vc_row]