Qanday qilib IELTSdan 9 bal olish mumkin? IELTS kurslari

Buyuk britaniya yoki Kanadada oqishni istaysizmi? Angliya va Kanadaning ko’pgina oliygohlari IELTS natijalariga ko’ra oqishga qabul qiladi. Plyuslar: imtihon 3 soat davom etadi va siz faqat o’qituvchi bilan gaplashasiz. Qanday qilib IELTSga tayyorlanish va yuqori bal olish mumkin? Tavsiyalarimizni o’qing.

IELTS – bu xorijda o’qishni rejlashtirayotgan talabaning ingliz tili darajasini aniqlash uchun o’tkaziladigan xalqaro test tizimi. Agar keraklicha tayyorlansangiz, imtihon aslida unchalik qiyin emas. IELTS testi natijalarini dunyoning deyarli barcha davlatlari AQSH, Kanada, Yangi Zelandiya, Angliya qabul qiladi. Bundan tashqari Kanada va Avstraliyaga ko’chib borishingiz uchun ham IELTS talab qilinadi. Ko’pgina ish beruvchilar ishchilarning ingliz tilini baholash uchun IELTS imtihonidan foydalanishadi.

IELTS tarkibi

Imtihon 4 qismdan iborat:

Listening (Eshitish)

Reading (O’qish)

Writing (Yozish)

Speaking (gapirish)

Ingliz tili dunyosiga shung’ib keting

Agar siz xorijda o’qishni, ishlashni istasangiz, u holda siz ingliz tili muhitiga sho’n’ib ketishingiz kerak. Tilida kino ko’rishni, kitoblar o’qishni to’xtating. Bunin o’rniga ingliz tilidagi seriallarni va hujjatli filmlarni yuklab olib tomosha qiling, bular sizning Listening imtihoningizda juda asqotadi. Aytgancha, turli xil ingliz tili talaffuzlarini eshitishga harakat qiling, chunki imtihonda turli talaffuzlarni eshitasiz. Youtubeda ingliz tilida foydali videoroliklar ko’rishingiz mumkin.

Imtihondagi muvaffaqiyat unga to’g’ri tayyorgarlik ko’rishga bog’liq.

IELTSni muvaffaqiyatli topshirish uchun mobil ilovalar

Agar siz tirbandlikda yoki navbatda turgan bo’lsangiz, yo’lda bo’sh vaqtingiz bo’lsa uni foydali mashg’ulot bilan to’ldiring. Ingliz tilini o’rganish uchun telefoningizga mobil ilovani o’rnatib oling. Yangi so’zlarni o’rganish va eslab qolish uchun ajoyib mobil ilovalar bor.

Xorij oliygohida o’qish uchun tayyorgarlik ko’rish jarayonida Coursera mobil ilovasida minglab universitetlarning onlayn ma’ruzalari juda asqotadi..

To’laligicha ingliz tili muhitiga sho’ng’ib ketish imtihonga a’lo darajada tayyorgarlikni kafolatlaydi.

Imkon boricha ko’proq yozing.

Agar siz xorijda o’qishga jiddiy ahd qilgan bo’lsangiz, unda imkon boricha ko’proq yozishga o’rganishingiz kerak, chunki sizni ko’plab yozma topshiriqlar kutmoqda.

Writing qismi ko’pchilikda qiyinchilik tug’diradi. Ingliz tilingizni mukammal darajaga chiqaring, ingliz tilida ko’p yozing. Har kunlik voqealarni yozib boorish uchun kundalik tutuishingiz yoki bo’lmasa ingliz tilidagi forumga a’zo bo’lishingiz mumkin. Ajoyib g’oya – turli tashkilotlarga ma’lumot so’rab, biror narsalarni aniqlab berishlarini so’rab maktub yozish, ular bilan o’zaro yozishmalar olib borish.

Imtihon formatlarini tushunib oling

Agar sizning maqsadingiz chetda o’qish bo’lsa, siz tez-tez test topshirishga ko’nikishingizga to’g’ri keladi. Albatta test tuzilishi bilan tanishib chiqing, bu sizga vaqtdan yutishga va imtihonga tayyorlanishning to’g’ri strategiyasini ishlab chiqishga qo’l keladi. IELTS rasmiy saytida imtihonga bag’ishlangan buklet bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Bundan tashqari istasangiz, TOEFL imtihoni sirlari bilan ham tanishib chiqishingiz mumkin, chunki ularda o’xshashlik bor.

O’xshash testlarni yechib turing

Testni tahlil qilishdan boshlang va qaysi tomonlaringiz ojiz ekanligini aniqlang, bu nimaga ko’proq etibor berishingiz kerakligini aniqlab beradi. Amaliy testlarni IELTS Official Guide jamlanmasidan toppish mumkin, ayni vaqtda test yaratuvchilaridan taqdim etilgan 10 ortiq jamlanma mavjud

Bulardan tashqari avvalo bizning ingliz tili darajasini aniqlovchi Onlayn testimizdan o’tib o’z bilim darajangizni bilib olganingiz maqul, shunga qarab darsliklar tanlaysiz.

Imkon bo’lsa ingliz tilida gaplashuvchi davlatga tayyorlov kurslariga boribg keling

Angliya yoki kanadadagi IELTS imtihonlariga tayyorlov kurslari juda qisqa vaqtda yuqori bal olish imkonini beradi. Siz akademik muhitga to’liq sho’ng’ib ketasiz va xorijda imtihonlarga tayyorlanasiz. Bu biroz qimmatga tushishi mumkin, lekin bu shunga arziydi.

IELTS imtihoniga tayyorlanish uchun foydali kitoblar

Cambridge Practice Tests for IELTS – test yaratuvchilari tomonidan rasmiy testlar jamlanmasi

Get Ready for IELTS – o’qituvchi bilan birga tayyorlanish uchun juda foydali darslik

Cambridge Vocabulary for IELTS – imtihonga tayyorlanish uchun foydali so’zlar

Step up to IELTS – tizimli tayyorlanish uchun darslik, topshiriqlarni tahlil qiladi

O’zbekistondagi IELTS kurslari

Agar sizda Angliyaga borib IELTSga tayyorlanish imkoniyati bo’lmasa, mustaqil tayyorgarlik sizni biroz qiyanayotgan bo’lsa, siz O’zbekistondagi IELTS kurslarida tayyorlanishingiz mumkin. Sifat darajasi yuqori, narxlari esa hamyonbop.

Toshkent shahrida Registon o’quv markazi IELTS kurslarini taklif etadi. 5 ta filialga ega ushbu markazimiz bir necha yillardan beri eng yaxshi natijalar ko’rsatib kelmoqda. Markazdagi IELTS instruktorlar ham chet elda ta’lim olgan, IELTS imtihonlariga tayyorgarlik borasida ko’p yillik tajribaga ega ustozlar. Qo’ng’iroq qiling, keeling, ustozlar bilan maslahatlashib, darajangizni aniqlab, IELTS imtihonlariga tayyorgarlikni boshlang.

IELTS imtihonida eng yuqori ballarni tilaymiz!

 
 
Summary
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *