«Kechirasiz» — ingliz tilida qanday qilib to’g’ri kechirim so’raladi?

Xatoni tan olish hatto o’z ona tilingizda ham qiyin. Undan ham qiyini kechirim so’rash uchun kerakli inglizcha so’zlarni tanlab olish. Qanday qilib yaqin kishingizdan, begona odamdan yoki boshlig’ingizdan kechirim so’rash haqida ushbu maqolada bilib olasiz.

Chin dildan afsuslanish va kechirim so’rashdan tashqari kerakli holatda kerak so’zni tanlashni ham bilishingiz kerak. Ko’pincha biz o’z his tuyg’ularimizni ifodalash uchun inglizchada kerakli so’zlarni topa olmaymiz. Yoki suhbatdoshimiz bizni noto’g’ri tushuni mumkin va kechirish o’rniga yanada ko’ngli og’rishi mumkin.  Hozir esa ingliz tilida kechirim so’rash uchun sorry, excuse, apologize va pardon, so’zlarini kerakli joylarda ishlatilishini ko’rib chiqamiz.

Ingliz tilida kechirim so’rash — kichik xatolarni tan olish

Ingliz tilida eng mashhur “kechir” — bu sorry. Sorry so’zini biz about va for predloglari bilan birga ishlatamiz. Keling to’g’ri predlog tanlashni ko’rib chiqamiz:

To be sorry about — sodir bo’lgan biror hodisadan afsuslanish.

I am sorry about your loss. — Sizning yo’qotishingizdan afsusdaman.

Agar siz biror narsa qilgan bo’lsangiz va bu uchun kechirim so’rayotgan bo’lsangiz sorry for/about smth, ishlatishingiz mumkin.

I am sorry about/for bothering you. — Bezovta qilganim uchun kechiring.

Sorry for ni biz kishiga nisbatan achinganimizda ishlatamiz.

I feel sorry for him. — Men unga achinaman.

Agar siz uzringizda samimiylikni va qattiq pushaymonlikni ifoda etmoqchi bo’lsangiz I’m sorry jumlasiga quyidagi so’zlarni qo’shishingiz mumkin: so (juda, shunchalik darajada), incredibly (judayam, ishonib bo’lmas darajada), terribly (daxshatli), really (haqiqatda), genuinely (samimiy, chin dildan).

I’m incredibly sorry for being so late. — Kech qolganim uchun judayam afsusdaman, kechiring.

Bundan tashqari siz kerakli holatda to’g’ri kechiirm so’rash uchun quyidagi iboralardan foydalanishingiz mumkin:

Jumla Tarjimasi
oh, sorry voy, uzr
pardon (me) kechirasiz (meni)
my bad Mening xatoyim/aybim
my fault Mening aybim
my mistake Mening xatoyim
my apologies Kechirim so’rayman
I had that wrong Men nohaq edim
I was wrong about/on that Tan olaman, nohaq edim
I beg your pardon. (eskirgan gap) Kechirasiz.
I beg your pardon?! (kishi suhbatdoshi aytgan gapdan hayron bo’lganda aytiladi) Kechirasiz?!

 

I’m sorry about va my bad asosan norasmiy nutqda ishlatiladi. Sms va ijtimoiy tarmoqlardagi chatlarda sorry so’zini qisqartirib soz deb yozishadi.

Ingliz tilida kechirim so’rash — jiddiy xatolarni tan olish

Jiddiy kamchiliklar va xatoliklar bizni noqulay ahvolda qoldiradi. Shunday paytda suhbatdoshimiz bizning pushaymonligimizga ishonishi uchun judaya kerakli so’zlarni tanlashimiz kerak.

Jumla Tarjimasi
I would like to apologize (AmE) / apologise (BrE). Kechirim so’rashni istagan bo’lardim.
I owe you an apology. Men sening oldingda kechirim so’rashga majburman.
I want to say I’m sorry. Men shuni aytishni istaymanki, kechir meni.
Please accept my sincerest/deepest/humble apologies. Iltimos, mening samimiy/chuqur/chin dildan kechirimimni qabul qiling.
I can’t apologize enough. Qanchalik afsusdaligimni ifoda qila olmayman.
It wasn’t my intention to be rude. Forgive me. Men qo’pollik qilishni istamagandim, kechir meni.
Please allow me to apologize. Iltimos, kechirim so’rashimga izn bering.

 

Ingliz tilida chuqur pushaymonni bildiruvchi jumlalar.

Jumla Tarjimasi
I feel apologetic for what I have done. Men qilgan ishim uchun aybimni his qilib turibman
I feel contrite. Men pushaymonlik his qilyapman.
I am contrite for my actions. Men qilgan ishomdan hijolatdaman.
I am criticizing myself. Men o’zimni ayblayabman.
I am really most penitent for what I have done. Men qilgan ishimdan juda afsusdaman.
feel shame/shameful. Men uyatdaman.
I am most shameful for my actions of yesterday. Kechagi ish uchun juda hijolatdaman.
embarrassed. Men juda noqulay holdaman.

Inglizcha hushmuomilalik

Endi keling excuse me va sorry o’rtasidagi farqni ko’rib chiqsak— ko’pchilik maktab davridan beri ularni adashtiradi.

Sorry so’zini biz kechirim so’rashdam biror narsadan afsuslanishda ishlatamiz. Excuse me — bu hushmuomilalik bilan murojaat qilish, tarjimasi «ma’zur tutasiz», «ijozat eting», «uzr» ma’nolarida keladi.

Bundan tashqari excuse me e’tiborni tartish uchun ham ishlatiladi:

Excuse me! Let me start my lecture. — Kechirasiz! Ijozatingiz bilan ma’ruzamni boshlasam.

Excuse me ni biror narsani aytishganida eshitmay qolib qayta so’rash uchun ham ishlatishingiz mumkin.

What is your surname? — Familiyangiz?
Shayhislamova. — Shayhislamova.
Excuse me, could you spell it please? — Kechirasiz! Familiyangizni harflab ayta olasizmi?

Quyidagi jadvalda muloyimlik uchun ishlatiladigan jumlalarni ko’rib chiqamiz.

Jumla Tarjimasi
Pardon my interrupting you. Kechirasiz gapingizni bo’ldim
I’m sorry to interrupt. Gapingizni bo’lganim uchun uzr.
I’m sorry to cut in, but… Aralashayotganim uchun uzr, lekin…
I’m afraid I’ve got bad news. Menda yomon xabarlar deb qo’rqaman.
We regret to tell/inform you that… Sizga buni ma’lum qilishdan afsusdamiz…
Sorry I’m late. Uzr, kechikdim
Sorry for keeping you waiting. Kuttirib qo’yganim uchun ma’zur tutasiz.

Kechirim uchun so’zlar kamlik qilganida inglizlar gullar, shirinliklar va otkritkalar berishadi.

Sizga hayotda imkon qadar kam xato qilishingizni va noqulay holatda qolmasligingizni tilaymiz. Lekin shunga qaramay siz kechirim so’raydigan ish qilib qo’ysangiz, endi ingliz tilida to’g’ri va o’z o’rnida kechirim so’ray olasiz.

 
 
Summary
Xabarni do'stlaringiz bilan o'rtoqlashing!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *