Tarixni o’rganish bo’yicha yangicha metod

Tarixni o’rganish bo’yicha yangicha metod

Tarixning sirli ko‘chalariga qiziqmagan inson bo‘lmasa kerak. Zero hayotda yashash uchun bu fanning zarurligi isbot talab qilmaydigan qoida hisoblanadi. Barcha fanlar kabi tarixni o‘zlashtirish hamda yaxshi natijalarga erishish oson ish emas. Buning uchun kurashish, izlanish va harakat qilish kerak. Chunki tarixda ma’lumotlar shu qadar ko‘pki, bu omil mazkur fanni tizimlashtirib o‘rganishni taqozo etadi. “Registon” o‘quv markazining Yakkasaroy filialida tarix fani yangicha qoidalar asosida o‘qitiladi.

Ya’ni:
O‘quv markazimizda tarix fani ikki xil dastur asosida o‘qitiladi.
Mazkur fandan ma’lum darajada bilimga ega bo‘lganlar uchun 7 oylik dastur;
Ushbu fanni endi boshlaganlar uchun 10 oylik dastur.
Birinchi dastur asosida fan bo‘yicha poydevori bor o‘quvchilar o‘qitiladi. Unda asosiy e’tibor zehnni o‘stirish hamda xotirani mustahkamlashga qaratiladi.

Ikkinchi dastur asosida esa tarix fani bilan avval jiddiy shug‘ullanmaganlar o‘qitiladi. Ular ma’lumotlar ko‘pligidan hech ham qiynalishmaydi. Chunki “Registon” o‘quv markazining Yakkasaroy filialida bu fan har xil mantiqiy savollar, intelektual o‘yinlar, mukammal testlar asosida olib boriladi.

Ikkala dasturda ham darslar savol-javob tarzida olib boriladi. Bu bosqich tugagach, abituriyentlar ochiq va yopiq testlar, har xil krasvord va skanvordlar yechish orqali o‘qigan mavzularini yanada mustahkamlaydi. Shuningdek, ular yakshanba kunlari haftalik test sinovlari, har oyning oxirida esa oylik test sinovlaridan o‘tishadi.
Tarixdagi ma’lumotlar, asr va yillar, hukmdorlar, joylar har qanday odamni chalg‘itishi tabiiy. Bu murakkabliklarni yengish uchun biz sizlarga qo’limizdan kelgan yordamimizni ayamaymiz. Keling, dars mashg’ulotlarimizda ishtirok eting, xulosa esa sizdan!

Bizning manzil: Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko’chasi, 53 uy. Mo’ljal: Di sport, Bobur bog’i
Batafsil ma’lumot uchun tel: 90 963 43 94
Tarix kanalimiz: @moziyrgn