“Registon”da abituriyentlar uchun imtihonoldi psixologik trening bo’lib o’tdi.

“Registon”da abituriyentlar uchun imtihonoldi psixologik trening bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 31-iyul sanasida “Registon” Nodavlat ta’lim markazi direktori tashabbusi bilan Abuturiyentlarning imtihonoldi hayajon va qo’rquvlarini bartaraf qilish maqsadida psixologik trening uyushtirildi.

Ushbu treningni bevosita O’zbekiston va jahon hamjamiyatida muhim ahamiyatga ega psixolog Ahad aka olib bordi.
Treningda abuturiyentlarning hayajonlari, qo’rquvlarining asosiy sabab va oqibatlari haqida so’z bordi. Tadbirda yig’ilganlarga imtihonni qanday o’tkazish va hayotda qanday yashash borasidagi eng eksklyuziv maslahatlar va “Omadning 7 kaliti” taqdim etildi. Qolaversa, tadbir ko’tarinki ruhda o’tishi uchun turli motivatsion loyihalar ham tashkil etildi: Oylik testlarda faol va eng yuqori bal toplagan o’quvchilarning munosib taqdirlanishi nafaqat ularning, balki tadbirda yig’ilgan boshqa abuturiyentlarning ham o’ziga bo’lgan ishonchini uyg’otishga xizmat qildi desak, mubolag’a bo’lmaydi. Treningda tashkil etilgan turli ko’ngilochar mashg’ulotlarda o’qituvchilarning ham faol ishtiroki abuturiyentlarni ruhlantirdi. Psixologning so’nggi chiqishida aytgan “Dunyoda kim ENG BAXTLI, OMADLI, KUCHLI kabi savollariga barchaning “MEN” deb javob bergani treningning muvaffaqqiyatini ta’minladi. Tadbir o’quvchilarning faol qatnashishlari bilan ko’tarinki ruhda o’tdi.